Dekanat haqida

Fakultet dekani biologiya fanlari doktori, professor K.Saparov tomonidan 2017-2018 o'quv yilida yakka va hammualliflikda bir nechta darslik, o'quv qo'llanma, xalqaro va respublika miqiyosidagi nufuzli ilmiy jurnallarda maqolalar chop ettirildi. Jumladan: O.Mavlonov va N.Toshmanovlar bilan hammualliflikda "Zoologiya" (umurtqasiz hayvonlar) darsligi, S.Dadayev bilan hammualliflikda "Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg'ulotlari" o'quv qo'llanmasi kabilarni misol qilib keltirishimiz mumkin.

Tafsilot

Qisqacha

Fakultet dekani biologiya fanlari doktori, professor K.Saparov tomonidan 2017-2018 o'quv yilida yakka va hammualliflikda bir nechta darslik, o'quv qo'llanma, xalqaro va respublika miqiyosidagi nufuzli ilmiy jurnallarda maqolalar chop ettirildi. Jumladan: O.Mavlonov va N.Toshmanovlar bilan hammualliflikda "Zoologiya" (umurtqasiz hayvonlar) darsligi, S.Dadayev bilan hammualliflikda "Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg'ulotlari" o'quv qo'llanmasi kabilarni misol qilib keltirishimiz mumkin.

Batafsil

DEKAN O`QUV ISHLARI BO`YICHA DEKAN MUOVINI

Berdiqulov Ravshanjon Shavkatovich – 2006 yil TDPU Tabiiyot fanlari fakulteti kimyo va ekologiya ta’lim yo’nalishini imtiyozli diplom bilan yakunlab, 2009 yil Kimyo mutaxassisligi magistraturasini tamomladi va shu yildan boshlab Kimyo va uni o`qitish metodikasi kafedrasida assistent-o’qituvchi(2009-2011), o’qituvchi lavozimida (2011-2017), 2017 yildan boshlab fakultetning o`quv ishlari bo`yicha dekan muovini lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. R.SH.Berdiqulov talabalik vaqtidan boshlab kimyo ta’limiga axborot texnologiyalarini tadbiq qilish masalasi ustida ilmiy izlanish olib bordi. Uning bakalavrlik va magistrlik dissertatsiyasi aynan shu yo’nalishda bo’lib, samarali natijalarni oldi hamda amaliyotga joriy qildi. Izlanish davomida 2 ta elektron o’quv qo’llanmaga xammualliflik asosida O’zbekiston respublikasi guvoxnomasini oldi, 12 ta ilmiy maqola, 18 ta tezislarni nashr ettirdi. Bugungi kunda Ravshan Berdiqulov “Ta’limni modernizatsiyalash sharoitida kimyo o’qituvchilarining deduktiv taxlil ko’nikmalarini shakllantirish texnologiyalari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini ximoya qilish maqsadida ilmiy izlanish olib bormoqda. Izlanish natijasida oliy ta’lim vazirligi grifi asosida 2 ta o’quv qo’llanma, 3 ta metodik qo’llanma, xalqaro ilmiy jurnallarda 2 ta, respublika ilmiy jurnallarida 7 ta ilmiy maqolalar va bir necha o`nlab tezislar nashr ettirdi. U pedagogik faoliyatida ham yaxshi natijalarni qayd etib kelmoqda. Jumladan, respublika miqyosida 2012-2014 yillarda o’tkazilgan ko’chma seminar-treninglarda faol ishtirok etib, 3 marta Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan maqtov yorlig’i va viloyatlar boshqarmalari tomonidan bir necha marotaba tashakkurnoma hamda faxriy yorliqlar oldi. Oilali, 4 nafar farzandi bor.

************************************

MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLAR BO'YICHA DEKAN MUOVINI

Madatov Ravshan Mamasoliyevich 2011 yilda Nizomiy nomidagi TDPUning Tabiyot fanlari fakulteti "Biologiya va inson hayotiy faoliyati muhofazasi" ta'lim yo'nalishini bitirib, bakalavr darajasiga ega bo'ldi. 2011 yilning sentabr oyidan boshlab 5A 110401 - Biologiya o'qitish metodikasi mutaxassisligi bo'yicha magistratura bosqichiga qabul qilingan va 2013 yilda 5A 110401 - Biologiya o'qitish metodikasi mutaxassisligi bo'yicha magistr darajasini olgan. Shu yilning o'zida Tabiyot fanlari fakultetining Zoologiya, anatomiya va fiziologiya kafedrasiga stajyor-o'qituvchi lavozimiga ishga qabul qilingan. 2015 yildan boshlab Zoologiya va anatomiya kafedrasi o'qituvchisi lavozimida faoliyat olib bordi. 2018 yilning iyun oyidan boshlab Tabiiy fanlar fakultetining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovini lavozimida ishlab kelmoqda. R.Madatov ilmiy-pedagogik faoliyatini boshlagandan so'ng 20 dan ortiq maqola va tezislar nashr ettirdi. Shu jumladan Respublika miqiyosidagi OAK tasarrufidagi ilmiy jurnallarda 8 ta ilmiy maqola, Xalqaro ilmiy konferensiyalarda 2 ta tezis hamda xalqaro jurnallarda 2 ta maqola chop ettirdi. U "Ta'limni modernizatsiyalash jarayonida talabalar mustaqil ta'limini tashkil etishning samarali usullari" mavzusi doirasida ilmiy faoliyat olib bormoqda. R.Madatov talabalik davridan boshlab ilmga chanqoqligi va tirishqoqligi bilan ustoz e'tiborini qozongan. Uning o'quv va boshqa tashkiliy ishlardagi faolligi va ishtiroki tufayli universitet hamda shahar xokimligi tomonidan faxriy yorliq va tashakkurnomalarga ega bo'lgan. 2015-2018 yillar davomida kafedrada olib borgan ma'naviy-ma'rifiy sohadagi ishlari hamda tashkilotchiligi sababli universitet miqiyosida o'tkazilgan "Yilning eng yaxshi kafedra ma'naviyatchisi" tanlovida ikkinchi va uchinchi o'rinlarga sazovor bo'lgan.