Yong‘in xavfsizligi oyligi

Nizomiy nomidagi TDPU “Kasb ta’limi” fakulteti o‘quv binosi xududida “Yong‘in xavfsizligi” oyligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi

Tafsilot

Qisqacha

Nizomiy nomidagi TDPU “Kasb ta’limi” fakulteti o‘quv binosi xududida “Yong‘in xavfsizligi” oyligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi

Batafsil

2016 yilning 10 noyabr kunidan boshlab 2017 yilning 10 yanvar kuniga qadar Respublikamizda “Yong‘in xavfsizligi” oyligi deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan 2016 yil 13 dekabr kuni “Kasb ta’limi” fakulteti o‘quv binosi xududida Toshkent shahar Yakkasaroy tumaniga qarashli Yong‘in xavfsizligi xizmati inspektori serjant Sh.X.Djo‘raev boshchiligida bir guruh yong‘in o‘chiruvchi jamoasi maxsus mashina va texnika vositalari orqali ko‘rgazmali chiqishlar bilan tadbirni olib borishdi. Tadbirda fakultet dekan muovinlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi. Tadbir avvalida Toshkent shahar Yakkasaroy tumaniga qarashli Yong‘in xavfsizligi xizmati inspektori serjant Sh.X.Djo‘raev so‘zga chiqib ushbu “Yong‘in xavfsizligi” oyligida barchani faollikka chaqirdi. Yong‘in sodir bo‘lgandan keyin uni o‘chirish emas balki yong‘in sodir bo‘lishini jarayonini oldini olishimiz kerak masalan qish mavsumida xonadonlarda gaz bosimi pasaygandan so‘ng qo‘shimcha qo‘lbola yasalgan xech qanday talablarga javob bermaydigan isitgich moslamalarini qo‘yishadi. Axir bular sifatsiz yuqori kuchlanishga bardosh bermay qizib xar xil ko‘ngilsiz xodisalar ro‘y berishi mumkin. Mana shunday ko‘ngilsizliklarni oldini olishimiz kerak va qolaversa shu kabi xech qanday talabga, sifatga javob bermaydigan moslamalardan foydalanmaslikni aytib mana bu qarshingizdagi maxsus mashina va texnika vositalari xozirgi kun zamon talabidagi xar qanday vaziyatga bardosh beradigan texnikalardir deb ularni ishlatishga va ko‘rgazmali chiqishga komanda berdi. Maxsus mashina va texnikalar ishga tushib yig‘ilganlarda katta ta’surot qoldirdi. Talabalar qiziqib xar-bir maxsus mashinaga chiqib ko‘rishdi va maxsus kiyimlarni kiyib texnikalarni sinab ko‘rishdi. Tadbir juda qiziqarli o‘tdi. Toshkent shahar Yakkasaroy tumaniga qarashli Yong‘in xavfsizligi xizmati inspektori serjant Sh.X.Djo‘raev boshchiligidagi bir guruh yong‘in o‘chiruvchi jamoasiga hamda ushbu tadbirni tashkillashtirishda yaqindan yordam bergan Axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti Sayfulla Alibekovga fakultet raxbariyati va jamoasi, talabalari tomonidan o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi. Ushbu tadbirdan fakultet jamoasi hamda talabari tegishli xulosalar qilishdi. Kasb ta’limi fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini: R.R.Jabborov