Universitet "KAMOLOT" YoIH tomonidan "14 yanvar-Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi.

Universitet "KAMOLOT" YoIH tomonidan "14 yanvar-Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan universitetimizning barcha fakultetlarida tadbirlar tashkil etildi.

Tafsilot

Universitet "KAMOLOT" YoIH tomonidan "14 yanvar-Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan universitetimizning barcha fakultetlarida tadbirlar tashkil etildi.

Batafsil

Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligi, sarhadlarimiz dahlsizligi va mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlanishi borasida ulkan islohatlar amalga oshirilmoqda ekan, bunday islohatlarni yosh avlod ongi va shururiga xolisona singdirish muhim ahamiyatga ega bo'lib bugungi kun o'qituvchilaridan katta mas'uliyatni talab etadi. O'zbekiston Respublikasida milliy xavfsizlik va mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlanishi haqida gapirilganda Mustaqillik, tinchlik, har bir inson, har bir xalq orzu qiladigan va e'zozlaydigan ulug' ne'mat ekanligi, bu ne'matga erishish, uni saqlash muqaddas burch ekanligi va davlatimiz dunyo xaritasidan mustaqil O'zbekiston degan nom bilan o'rin olgan kundan boshlab birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida tinchlik va osoyishtalikni saqlash hamda mustahkamlashga eng muhim ustuvor vazifa sifatida qaralgani e'tirof etishimiz zarur. Ayni shu maqsadni amalga oshirish uchun mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan e'tiboran har tomonlama yaxshi ta'minlangan, ixcham va harakatchan, turli zamonaviy tahdidlarga munosib javob qaytarishga qodir qurolli kuchlarni shakllantirishga aloxida e'tibor berilayotganligini alohida ta'kidlash lozim.

Mavzuga oid