Professor-o’qituvchilar tomonidan ochiq darslar tashkil etilmoqda

Pedagogika, psixologiya va defektologiya fakulteti, “Musiqiy ta’lim” kafedrasida 2016-2017 o’quv yilida 48 ta ochiq dar o’tish rejalashtirilgan bo’lib, mazkur o’quv yilining 1-yarim yilligida 24 ta ochiq dars o’tish lozim edi. Kuni kecha 24-ochiq dars kafedra professor v.b. Sh.Raximov va dotsent v.b. G.Ibroximjonovalar tomonidan yuqori saviyada tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 25 avgustdagii “O‘zbekiston Hukumatining ayrim qarorlariga pedagogik faoliyat samaradorligi va sifatini oshirish bilan bog‘liq o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 246-son qarori qabul qilingan edi. Ushbu qaror ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi Yoshlar siyosati, ta’lim, madaniyat va sport masalalari kompleksi majlisining 2015 yil 29 sentyabrdagi 32-son bayoni, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektorining tegishli buyruqlari asosida oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilari tomonidan bir o’quv yilida to’rtta ochiq dars o’tishi va ushbu ochiq dars maxsus komissiya tomonidan baholanib, tegishli ballar qo’yilishi belgilab qo’yilgan. Pedagogika, psixologiya va defektologiya fakulteti, “Musiqiy ta’lim” kafedrasida 2016-2017 o’quv yilida 48 ta ochiq dar o’tish rejalashtirilgan bo’lib, mazkur o’quv yilining 1-yarim yilligida 24 ta ochiq dars o’tish lozim edi. Kuni kecha 24-ochiq dars kafedra professor v.b. Sh.Raximov va dotsent v.b. G.Ibroximjonovalar tomonidan yuqori saviyada tashkil etildi.