“Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi - 2016” tanlovi g‘oliblari taqdirlandilar.

“Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi” tanlovini o‘tkazish NIZOMiga ko‘ra tanlovda Respublika oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari pedagog xodimlari, ilmiy tadqiqot muassasalarining yetakchi ilmiy xodimlari (shu jumladan, ijodiy guruxlar) tomonidan nashr etilgan o‘quv adabiyotlari (darslik, o‘quv qo‘llanma, elektron darslik, elektron qo‘llanma) bilan ishtirok etishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 yanvardagi “Uzluksiz ta’lim tizimining darsliklar va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlashni takomillashtirish to‘g‘risida” gi 4-sonli qarori asosida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirliklari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish “Iste’dod” jamg‘armasi tomonidan har yili an’anaviy “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi Respublika tanlovi” o‘tkazilib kelinmoqda. “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi” tanlovini o‘tkazish NIZOMiga ko‘ra tanlovda Respublika oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari pedagog xodimlari, ilmiy tadqiqot muassasalarining yetakchi ilmiy xodimlari (shu jumladan, ijodiy guruxlar) tomonidan nashr etilgan o‘quv adabiyotlari (darslik, o‘quv qo‘llanma, elektron darslik, elektron qo‘llanma) bilan ishtirok etishlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 yanvardagi “Uzluksiz ta’lim tizimini darsliklar va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlashni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 4-sonli qarori asosida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda Xalq ta’limi vazirliklari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish “Iste’dod” jamg‘armasi tomonidan har yili an’anaviy “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi Respublika tanlovi” o‘tkazib kelinmoqda. “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi” 2016 yil Respublika tanloviga universitetdan 11 ta nomenatsiya bo‘yicha jami 23 ta nomdagi o‘quv adabiyoti tavsiya etildi. Shundan, 5 tasi darslik, 10 tasi o‘quv qo‘lanma va 8 ta elektron darslikni tashkil etdi. 2016 yilda “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi” 2016 yil Respublika tanlovida universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan jami 7 nomdagi adabiyot g‘olib deb topildi, shundan 1 ta 1- o‘rin, 4 ta 2- o‘rin va 2 ta rag‘batlantiruvchi o‘rinlar qo‘lga kiritildi. Bular: 1. I-o‘rin - B.Muxamedjanov, A.Azimov, R.Daminova, M.Eshpo‘latovalar tomonidan yaratilgan “Texnik mexanika” o‘quv qo‘llanmasi. 2. II-o‘rin- Sh.Usmonqulov tomonidan yaratilgan “Kompyuter tarmoqlari” nomli elektron darsligi. 3. II-o‘rin- N.Xonxodjaeva, G.Tursunboevalar tomonidan yaratilgan “Ekologiya i oxrana prirodы” nomli o‘quv qo‘llanmasi. 4. II-o‘rin- J.Tolipova, A.G‘ofurov, M.Umaralievalar tomonidan yaratilgan “Biologiya” nomli o‘quv qo‘llanmasi. 5. II-o‘rin- D.Abdullaeva, R.Yarkulov, N.Atabaevalar tomonidan yaratilgan “Oila psixologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi. 6. Rag‘batlantiruvchi o‘rin - B.Abdullaeva, A.Sadikova, N.Muxiddinova, M.Toshpo‘latovalar tomonidan yaratilgan “Matematika” nomli darsligi. 7. Rag‘batlantiruvchi o‘rin - Sh.Raximov, M.Ilxomov, Sh.Yusupovlar tomonidan yaratilgan “Cholg‘u ijrochiligi va ansambli” nomli elektron darsligi. 2017 yil 9 yanvar kuni universitetda g‘oliblarni tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Ularga g‘oliblik diplomlari taqdim qilindi.