O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2-dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4861-sonli Farmonining ijrosi yuzasidan ilmiy-nazariy seminar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2-dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4861-sonli Farmonining ijrosi yuzasidan ilmiy-nazariy seminar o‘tkazildi. Nizomiy nomidagi TDPU “Geografiya o‘qitish metodikasi” kafedrasi Toshkent Turizm va biznes kasb-hunar kollejida kafedraning filialini ochib, ikki tomonlama shartnoma imzolangan edi. Tuzilgan ish rejasiga asosan joriy yilning 18 yanvarida kollejda “Geografiya o‘qitish metodikasi” kafedrasi kolleji ma’muriyati bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2-dekabrda «O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4861-sonli Farmonining ijrosi yuzasidan ilmiy-nazariy seminar o‘tkazildi. Ilmiy-nazariy seminarda kollej ma’muriyati (direktor M.Abdullaev, fan o‘qituvchisi R.Shirinov) va “Geografiya o‘qitish metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari (Kafedra mudiri, dotsent N.Alimqulov, geografiya fanlari nomzodlari, dotsentlar I.Abdullaev, U.Safarov, Z.Amanboeva) farmonning mazmun mohiyati, Toshkent shahrida turizmni rivojlantirish istiqbollari va kun tartibidagi boshqa masalalar bo‘yicha o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Seminarda kollejning o‘qituvchilar jamoasi va 100 nafardan ko‘proq o‘quvchilari, universitetning “Geografiya” ta’limi yo‘nalishida ta’lim olayotgan bakalavr (G.Ismoilova, M.Yo‘ldosheva, M.Hasanova, M.Egamberdieva,..) va magistr (R.Allayorov, Sh.Igamqo‘lova) talabalar faol qatnashdi.