“Terrorizmning dunyoga solayotgan xavfi”

“Ijtimoiy iqtisodiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Xalmatova SH.A 2017 yil 19 yanvar kuni «1-Respublika tibbiyot kolleji”da “Terrorizmning dunyoga solayotgan xavfi” mavzusida davra suxbati o‘tkazdi.

Unda terrorizmning xalqaro miqyosdagi muammolarni, jumladan, turli diniy e’tiqod vakillari bo‘lgan xalqlar, hattoki, sivilizatsiyalar orasidagi o‘zaro ishonchga soya solayotganligi, jahon taraqqiyotining tamal toshi bo‘lgan xalqaro iqtisodiy va madaniy hamkorlikning rivojlanishiga to‘siq bo‘layotganligi, yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish zaruriyati qizg‘in muhokama qilindi.