Tillar va nutq madaniyati

Tafsilot

Qisqacha

Batafsil

2017 yil 3 yanvar kuni Nizomiy nomidagi TDPU rektorining “Universitet kafedralarini jadallashtirish” buyrug‘iga ko‘ra “Gumanitar yo‘nalishlarda chet tillar”, “Tabiiy yo‘nalishlarda chet tillar”, “Rus tili va uni o‘qitish metodikasi”, “Umumiy tilshunoslik” fakultetlararo kafedralari asosida “Tillar va nutq madaniyati” kafedrasi yaratildi. Unda 34 nafar o‘qituvchi ilmiy-pedagogik faoliyat olib boradi: dotsent – 1, fan nomzodi – 2, katta o‘qituvchi – 10, o‘qituvchi – 21. Kafedra mudiri Sh. B. Raximova.

Kafedra o‘qituvchilari zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda mashg‘ulotlarni olib boradi.
Kafedrada quyidagi o‘quv-uslubiy adabiyotlar nashr etilgan: 1. Sh.B. Raximova - “Ingliz tili leksikologiyasi”. Darslik 2. Sh.B. Raximova - “ Ingliz tili stilistikasi”. Darslik 3. Sh.I. Qurbonova - “Методика обучения русскому языку и литературе”. Darslik 4. Sh.B. Raximova - “Foreign Language (Integrated skills through movies)”. O‘quv qo‘llanma 5. A.A. Zabolotina - «Русский язык». O‘quv qo‘llanma 6. G.A. Ne’matova - “Erudition culturelle de la France”. O‘quv qo‘llanma 7. N.T. Xamidova - Книга для чтения по русскому. O‘quv qo‘llanma Kafedra o‘qituvchilari ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib boradi va doimiy ravishda respublika xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalarni nashr etadi. Mazkur davr davomida 13 ta xalqaro, 7 ta respublika ilmiy maqola, 76 ta tezis nashr etilgan. Kafedra tomonidan chet el professorlari ishtirokida seminar-treninglar tashkil qilingan edi: Rod Bolito – NILE universiteti akademigi (Buyuk Britaniya), Rustam Shodiev – XXR universiteti professori.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibi tomonidan O‘zDJU, BuxDU, ToshFMI o‘qituvchilari va universitet talabalari ishtirokida “XXI asr o‘qituvchisi va talabasi” ilmiy-amaliy anjuman tashkil qilindi va materiallari asosida tezislar to‘plami nashr etildi.
CEFR umumevropa baholash tizimi asosida o‘quv dasturlar, o‘quv-uslubiy majmualar (kunduzgi, maxsus sirtqi bo‘limlar uchun), baholash tizimi ishlab chiqilgan. O‘quv jarayonida zamonaviy xorijiy adabiyotlar va ilg‘or xorijiy tajribadan foydalaniladi. 29 nafar o‘qituvchilar muvaffaqiyatli malaka oshirish kurslaridan o‘tdi (288 s.). Universitetimiz talabalari tillarni o‘rganishga faol qiziqish namoyon qiladi. Shunga ko‘ra ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.Qo‘ysinov va kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibi tashabbusiga ko‘ra 10-sonli talabalar turar joyida o‘zbek tilidan “O‘zbek tili”, rus tilidan “Русская речь”, ingliz tilidan “Get in touch”, “Smart”, nemis tilidan «Wir lernen Deutsch» to‘garaklari tashkil etilgan. Talabalar to‘garaklar jadvali asosida mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
2017 yil 16 mayda kafedra o‘qituvchilari Sh.B. Raximova, D.A. Qurbonova, A.A. Zabolotina, N.T. Xamidova, N.R. Abdanbekova, podpolkovnik L.X. Davirov, zobitlar tarkibi va ChXT fakulteti 1-bosqich talabalari ishtiroki bilan birgalikda Toshkent shahar Yashnabod tumani 30-sonli Mehribonlik uyida “Inson manfaatlari hamma narsadan yuqori” shiori ostida tadbir o‘tkazildi. Xayriya tadbiri Inson manfaatlari va xalq bilan muloqot Davlat dasturiga bag‘ishlangan. Tarbiyalanuvchilarni o‘qituvchilar va talabalar bilan tashkil qilingan oshga taklif qilindi.
Universitet hududida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan bayram tashkil qilindi. 2017 yil 21 oktyabrda Davlat tiliga bag‘ishlangan “Til- millat ko‘zgusi” mavzusida tadbir o‘tkazildi, unda olim-filologlar, shoirlar, AQShdan maxsus taklif qilingan mehmon Luk Karter, OAV vakillari hamda iqtidorli talabalar ishtirok etdi. 2017 yil 13 dekabrda “Konstitutsiya – yuksak ma’naviyat timsoli” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman tashkil qilindi, unda yuridik fanlari nomzodi Sherzod Zulfikarov, universitet talabalari o‘z dokladlari bilan chiqishdi. Anjuman natijalariga ko‘ra to‘plam nashr etildi.