Mir Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan tadbirlar.

2017 yil 9 fevralida “So‘z mulkining sultoni” Mir Alisher Navoiy tavalludining 576 yillik xotira kechasiga bag‘ishlangan tadbir 10 talabalar turar joyida bo‘lib o‘tdi.

Tafsilot

Qisqacha

2017 yil 9 fevralida “So‘z mulkining sultoni” Mir Alisher Navoiy tavalludining 576 yillik xotira kechasiga bag‘ishlangan tadbir 10 talabalar turar joyida bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

Buyuk mutaffakkir shoir, davlat arbobi o‘zbek adabiy tili asoschisi Mir Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan tadbirlar. Hazrat Mir Alisher Navoiy mana olti asrki, bizni mudom ezgulik va poklikka undaydi. Shoir asarlarini o‘qir ekanmiz, har safar undan yangi bir mazmun, yangi jihatlarni topaveramiz. Ulug‘ bobomiz ijodini o‘rganish insonni komillik sari yetaklovchi eng asosiy omillardan biridir. Shu munosabat bilan belgilangan chora-tadbirlar rejasi asosida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, taniqli shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan: 2017 yil 9 fevralida “So‘z mulkining sultoni” Mir Alisher Navoiy tavalludining 576 yillik xotira kechasiga bag‘ishlangan tadbir 10 talabalar turar joyida bo‘lib o‘tdi. Navoiy ijodi ixlosmandlaridan iborat iqtidorli talabalar, tabiiy fanlar fakulteti dekani E.R. Yuzlikaeva, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini B. Axmadalieva, universitet ARM rahbari X.Xusanova, tkuq raisi F.R. Mirkamalov va professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Tadbirlarda shoirning g‘azal, ruboiylari yangrab, buyuk bobokalanimiz adabiy merosining chuqur o‘rganilishiga erishildi. Tadbirda so‘zgan chiqib, fakultet dekani E.R. Yuzlikaeva jumladan shunday dedi: “ Mir Alisher Navoiy qoldirgan ma’naviy meros va u yaratgan nodir asarlar mangulikka dahldordir, Alisher Navoiy nafaqat o‘zbek mumtoz adabiyotini yuqori pog‘onaga ko‘targan ulug‘ iste’dod sohibi, balki, o‘z ijodiy faoliyatining sermahsulligi va sermazmunliligi bilan jahon adabiyotining yirik namoyondalaridan biridir.” F.R. Mirkamalov o‘z so‘zida: “Alisher Navoiy xotirasiga bag‘ishlab bugungi kunda shoirga ehtirom sifatida mamlakatimizda barpo etilgan bog‘lar, yodgorliklar va betakror me’moriy obidalar mavjud” deb takidladi. Tadbir so‘ngida fakultet dekani Navoiy ijodiga ixlosmand talabalarga ko‘yidagi kitoblarni sovg‘a kildilar: 1. “Alisher Navoiy” – Ergash Ochilov 2. “Xamsa” – Alisher Navoiy 3. “Ishq aro vasling tilab” - Alisher Navoiy 4. “Izbrannoe” – Alisher Navoi 5. “Ishq tilsimi” 6. “Pahlavon Maxmud” – Ergash Ochilov 7. “Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi” 8. O‘tkir Xoshimovning asarlari va boshqa kitoblar. O‘z navbatida tkuq raisi F.R. Mirkamalov kasaba uyushmasi nomidan estalik sovg‘alarni talabalarga taqdim etdilar. Tkuq raisi F.R. Mirkamalov