Zulfiya tavalludining 102 yilligi.

Zulfiyaxonim o'zbek xalqining atoqli shoirasi, u bizning qalbimizda abadiy yashaydi!!!

Tafsilot

Qisqacha

Zulfiyaxonim o'zbek xalqining atoqli shoirasi, u bizning qalbimizda abadiy yashaydi!!!

Batafsil

MEN O’TGAN UMRGA Hayot kitobimni bexos varaqlab, Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim. Tabassum o‘rnida kuldim charaqlab. Suyish kerak bo‘lsa - telbacha suydim. Kiyganim ipakmi, chitmi yo kimxob, Yurak boyligidan qilmabman parvo. Meni og‘ushlagan hayot naq oftob, Yangi qo‘shiq talab unda har saboq. Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim, Hech kimda ko‘rmayin umrimga o‘xshash: Suydim, Erkalandim, Ayrildim, Kuydim, Izzat nima - bildim. Shu-da bir yashash!.. SENSIZ Mana, bir umrni yashadim sensiz, Qaytmas shodliklarning qaytishin kutib, Tobuting boshida cho’kkanimda tiz, Farzandlar ko’tardi qo’limdan tutib. Shundan beri tikman. Har nega qalqon, Baxtga, bahorga ham, qishga, qayg’uga. Birov azasida yig’layman qon-qon, To’yida yayrayman o’xshab ohuga. Lekin qolganimda qalbim-la tanho, Tuyg’ular zoriga solganda quloq. O’zni zaif, chanqoq sezganda goho, Alamdan beraman javobsiz so’roq: Tirik ekan nega tashlab ketmading? Mendan nafisroqning husniga oshiq, Mendan yoniqrog’i tortmadi sani, Edi nigohingga bor jannat ochiq, Seni majnun etib bir yer go’zali, Nega meni tashlab ketavermading? Tirik ayrilishning dog’I og’irmish, Xo’rlik kemirarmish umrni chaynab! Bu-mudhish egovga berardim turish, Ketsang ham menga jon tuyg’ungdan aynab. Bilardim, qaydadir olasan nafas, Murakkab bu dunyo sen-chun ham tirik. Senga yot-noshudlik, tund ruhlik, qafas, Bugungi qadaming kechadan yirik. Nega, nega meni tashlab ketmading? Bilaman, rashk meni etardi halok, Afzal ko’rganingni qarg’ab o’tardim, Izingdan yurmasdim soyaday g’amnok, Hayotda men uchun qolarding tirik, Qalaming mujdasin kutardim mushtoq. Ma’yus taqdiringga yashab men sherik, Mushkul bo’layotir shodlik yaratmoq. Nega tirik ekan tashlab ketmading, Tashlab ketmading-da, boshlab ketmading?! F.R. Mirkamalov