Toshkent imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejida “O‘smirlik davrida ahloq-odob qoidalari” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

M.Barakayev tomonidan nashr ettirilgan “Zamonaviylashuv sharoitida matematika fanini o‘qitish texnologiyalari” nomli qo‘llanmasi taqdim etildi.

2017 yil 28 mart kuni Toshkent imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kolleji rahbariyati taklifiga binoan universitetimizning “Matematika o‘qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi Murod Barakayev boshchiligida kollejda “O‘smirlik davrida ahloq-odob qoidalari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat qiziqarli va munozaralarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Tadbirning ikkinchi qismida dotsent M.Barakaev tomonidan kollej o‘qituvchilari uchun “Modulli ta’lim texnologiyasi asosida o‘quv jarayonini rejalashtirish va loyihalashtirish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminar yakunida kollejning faol o‘qituvchilariga M.Barakaev tomonidan nashr ettirilgan “Zamonaviylashuv sharoitida matematika fanini o‘qiitish texnologiyalari” nomli qo‘llanmasi taqdim etildi. Kelgusida bunday amaliy tadbirlarni tez-tez o‘tkazishga kelishib olindi.