Sohibqiron Amir Temur tavalludiga 681 yil

«Kitob (bitig) barcha bun¬yodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni yaratuvchi murabbiydir». Sohibqiron Amir Temur

Tafsilot

Qisqacha

«Kitob (bitig) barcha bun¬yodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni yaratuvchi murabbiydir». Sohibqiron Amir Temur

Batafsil

«Sohibqiron» so‘zining ma’nosi «Sohibqiron» so‘zining arabcha «saodatli, zafarli, g‘olib» ma’nolari bor. Ilmi nujum (astro¬logiya)¬da va afsonalarda Zuhra (Venera) – do‘stlik va mehru muhabbat tug‘yonlarini in’om aylaguvchi, Mushtariy (Yupiter) – omadu iqbol, muzaffariyatu shodiyonalar sayyorasi deb ta’riflanadi. Shu ikki sayyoraning bir burjda uchrashgan vaqti saodatli lahzalardur, uni qiron deydilar, shunday vaqtda tug‘ilgan bola o‘sha qiron sohibi hisoblanadi. Bunday bolaning baxt¬li, ulug‘ martabalar egasi bo‘lishi oldindan bashorat etiladi. Sharq mamlakatlarida hukmdorlarga beriladigan sharafli unvon. Amir Temur Ko‘ragon ham shu unvonga musharraf bo‘lgan. «Kitoblar uylari» Amir Temur va uning avlodlari davrida «Kitoblar uylari» («Dor ul-kutub») mavjud bo‘lib, ular yilma-yil noyob asarlar bilan to‘ldirib borilgan. Afsuski, XVII - XIX asrlardagi bosqinlar, mustamlakachilik oqibatida bu kitoblar jag‘onning turli burchaklariga olib ketildi. Hozirda ota-bobolarimizning, ayniqsa temuriylar davrining noyob durdona qo‘lyozmalari dunyoning eng mashhur muzeylarini bezab turibdi. (To‘lqin Hayit «Amir Temur xazinasi»)