“Botanika” kafedrasi professor – o‘qituvchilari 6 aprel kuni Mirobod tumani Yengil sanoat va servis kasb – hunar kollejida “Og‘ir metallarning inson organizmiga ta’siri” mavzusida seminar trening o‘tkazdi.

Seminar treningda videofilm va animatsiyalardan foydalanildi.

“Botanika” kafedrasi professor – o‘qituvchilari 6 aprel kuni Mirobod tumani Yengil sanoat va servis kasb – hunar kollejida “Og‘ir metallarning inson organizmiga ta’siri” mavzusida seminar trening o‘tkazishdi. Seminar treningda kafedra a’zolaridan b.f.n., dotsent Xonxadjayeva N.B., b.f.n., dotsent Xo'janazarov O‘.E va o‘qituvchi Boboxonova D.B.lar ishtirok etishdi. Shuningdek, seminar treningda kollejning 1-kurs rus va o‘zbek guruhi talabalari faol ishtirok etishdi. Seminar treningda videofilm va animatsiyalardan foydalanildi. Dotsent Xonxadjayeva N.B. og‘ir metallarning tarqalishi va keltirib chiqaradigan zarar va oqibatlari haqida ma’ruza qildi. Seminar trening davomida o‘qituvchilar o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi. Jumladan, o‘qituvchi D.B.Boboxonova og‘ir metallarning orgaizmga tushish yo‘llari, ular keltirib chiqaradigan mutatsion kasalliklar haqida atroflicha ma’lumot berdi. Inson organizmida og‘ir metallar natijasida kelib chiqqan o‘sma kasalliklarning turlari va ularni hozirgi zamon texnologiyalari asosida davolash usullari va ularning samaradorligi haqida gapirib o‘tdi.