Zoologiya va anatomiya kafedrasining yetakchi professor-o‘qituvchilari Sergeli tumani politexnika kasb-hunar kollejida “O‘quvchilarda Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va biologiya o‘qitishining dolzarb muammolari” mavzusida konferensiya tashkil etildi.

Jismoniy tarbiyani inson organizmiga ta’siri va uning roli haqida aloxida to‘xtaldi.

2017-yil 19-aprel kuni Zoologiya va anatomiya kafedrasining yetakchi professor-o‘qituvchilari Sergeli tumani politexnika kasb-hunar kollejida “O‘quvchilarda Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va biologiya o‘qitishining dolzarb muammolari” mavzusida konferensiya tashkil etildi. Kafedra dotsenti P.Xaydarova Sog‘lom turmush tarzi va uning tarkibiy qismlari haqida qisqacha malumot berdi. Jismoniy tarbiyani inson organizmiga ta’siri va uning roli haqida aloxida to‘xtaldi. Kafedra dotsenti D.Abdullaeva konferensiya qatnashchilariga Biologiyani o‘qitishda dolzarb muammolar xaqida to‘xtalib o‘tdi. Kafedra dotsenti N.Mannapova Sog‘lom turmush tarzini tarkibiy qismlaridan zararli odatlarni o‘smir organizmiga ta’siri haqida fikr bildirdi, yoshlarni chekish va spirtli ichimliklar iste’molidan o‘zlarini tiyishlari, bu zarrali odatlardan umuman yiroq yurishlari haqida ma’lumot berdi. Kafedra katta o‘qituvchisi N.Po‘latova Turmush tarzi va sog‘lom turmush tarzi haqida maruza o‘qidi. To‘g‘ri ovqatlanish va kun tartibini to‘g‘ri tashkillashtirish yo‘llarini o‘quvchilarga tushuntirib berdi. Kollej o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan javob oldilar tadbir juda qiziqarli va mazmunli o‘tdi.