Xotira bor ekan,tirikdir millat

Xotira bor ekan,tirikdir millat, Tirikdir iftixor,tirikdir g‘urur. Xotira — elni xalq etguvchi qudrat, Xotira — ertani yoritguvchi nur.

Tafsilot

Qisqacha

Xotira bor ekan,tirikdir millat, Tirikdir iftixor,tirikdir g‘urur. Xotira — elni xalq etguvchi qudrat, Xotira — ertani yoritguvchi nur.

Batafsil

Xotira bor ekan,tirikdir millat, Tirikdir iftixor,tirikdir g‘urur. Xotira — elni xalq etguvchi qudrat, Xotira — ertani yoritguvchi nur. Hatto maysaning ham xotirasi bor, Maysa xotirasi — nurga intilmoq. Ko‘karsa — ikkiga bo‘lib tashlaydi Yo‘lining ustida tursa hatto tog‘. To quyosh osmonda porlab turarkan, Osmonday mangusan,ey, ona xalqim! Har bir fojiaga,har bir sharafga, Baho bermoqqa ham yolg‘iz sen haqli! Urr-a-a! Qichqirar, bo‘g‘ilar yarim tunda u, Xotini dahshatdan turadi sapchib. U esa emaklar, (emaklaydi tun), Yelkada yarador do‘stin opichib. Tun uyqusiraydi, Tun baqiradi: «Bataliyon, orqamdan!” Ingraydi asta. Kimnidir bo‘g‘ilib u chaqiradi. Eski yaralarning kuyi ostida.Va yana oldinga, yana oldinga, Musht bo‘lib tugilar titroq qo‘llari. Xira qorachiqdan kinolentadek O‘ta boshlar olis urush yo‘llari. Xotini uyg‘otar… Biroq urushning Vahmidan qutulib ketolmas qalbi.