“Sharof Rashidov hayoti va ijodi”

2017 yil 23 may kuni Pedagogika fakulteti “Psixologiya” kafedrasida “Sharof Rashidov hayoti va ijodi” mavzusida seminar tashkil etildi

PQ – 2854 (27.03.2017) ga ko‘ra “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2017 yil 23 may kuni Pedagogika fakulteti “Psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari G.K.Alimova, N.Z.Ismoilova, N.B.Atabayevalar va ARM direktori X.Xusanova hamda kutubxona hodimlari K.Maxmudova, M.Isroilovalar hamkorlikda Pp 301-302 guruh talabalari uchun “Sharof Rashidov hayoti va ijodi” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda Sharof Rashidovning hayoti va ijodi talabalar tomonidan yoritib berildi.