Xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi

2017 yil 25 may kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida O`zbekiston davlat jahon tillari univeriteti va O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutlari bilan hamkorlikda "Boshlang`ich ta`lim va jismoniy madaniyat yo`nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar" mavzusida xalqaro ilmiy anjuman bo`lib o`tdi.

Konferensiyada respublikamizdagi 20dan ortiq ta`lim muassasalaridan 250 nafar olimlar va xorijdagi 6ta ta`lim muassasalaridan 25 nafar xorijlik mutaxassislar ishtirok etdilar. Yalpi majlisda xalq ta`limi vazirligi, Respublika ta`lim markazi mutaxassislari va 15ta xorijlik mutaxassislar dolzarb mavzularda ma`ruza qildilar. Anjuman beshta seksiyada ishini davom ettirdi. Konferensiya ishtirokchilariga dastur, maqolalar to`plami, sertifikat va esdalik sovg`alar topshirildi. Konferensiya doirasida ilmiy ishlar ko`rgazmalari va bir qator ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar tashkil etildi. Konferensiyaga xorijdan tashrif buyurgan mehmonlar uchun Toshkent shahrining so`lim joylari va Samarqand shaharlariga sayohat uyushtirildi.