“Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va ilmiy-tadqiqotlar metodologiyasi” mavzusidagi ilmiy–amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat pedagogika universitetitda 2017 yil 2 iyun kuni Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qarori asosida “Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va ilmiy-tadqiqotlar metodologiyasi” mavzusidagi ilmiy–amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

Seminarda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ilmiy-tadqiqotlarni muvofiqlashtirish bo‘limi mutaxassisi Q.Abullniyozov, akademik A.Asqarov, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor B.Abdullayeva, 14.07.2016.Ped/R.04.01 raqamli kengash kotibi R.Isyanov, professor A.Abduqodirovlar ishtirok etdilar. Asosiy e’tibor oliy ta’limdan keyingi ta’limni samarali tashkil etish muammolariga qaratildi.