Kasb ta’lim fakultetida bitiruv malakaviy ish himoyasi boshlandi

Uchtepa milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejida 2017 yil 5-6 iyun kunlari “Tasviriy san’at va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi bitiruvchilarining bitiruv malakaviy ish himoyasi o‘tkazildi. O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi akademigi, K.Behzod nomidagi MRDI professori S.Abdullaev raisligida 22 nafar bitiruvchi o‘z ijodiy ishlarini himoya qildi.

Tafsilot

Qisqacha

Batafsil

Ular tasviriy san’atning turli janrlaridagi mavzularda bitiruv malakaviy ishlar bajarishgan(Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga natyurmort, portret, manzara, kompozitsiyalarni o‘rgatish metodikasi kabi masalalarga bag‘ishlangan). Bitiruvchilardan Abdullaeva Akida, Asqarova Nazokat, Butaeva Zarina, Uskutlyu Elvinalar yuqori darajada bitiruv malakaviy ishlarini himoya qildilar. Bitiruvchi Yoqubova Barno esa “Zamondoshim portreti” mavzusidagi malakaviy ishini nazariy qismini ingliz tilida tayyorlab, ingliz tilida muvaffaqiyatli himoya qildi. Bitiruv malakaviy ishlar kafedra professor-o‘qituvchilari dotsent N.Tolipov, S.Abdirasilov, R.Xalilov, O‘.Nurtaev va boshq. ilmiy rahbarligida tayyorlangan.