Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi

Toshkentda X innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar taqdimotining hududiy va respublika yarmarkasi o‘tkazildi.

Tafsilot

Toshkentda X innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar taqdimotining hududiy va respublika yarmarkasi o‘tkazildi.

Batafsil

2017-yil 30-mart kuni hamda 10,11,12-may kunlari Toshkentda X innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar taqdimotining hududiy va Respublika yarmarkasi o‘tkazildi. Universitet professor-o'qituvchilari tomonidan “X iinnovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi”ga taqdim etilgan ishlanmalar ishtiroki ta’minlandi. Bulardan yosh olimlar, iqtidorli talabalarning ham ishlanmalari joy oldi. Har yili muntazam ravishda o`tkazib kelinayotgan fan hamda ishlab chiqarish o`rtasidagi kooperatsion aloqani ta’minlashning amaliy mexanizmiga aylanib ulgurgan Respublika innovatsion g`oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi korxonalar hamda ilmiy tashkilotlar va oily ta’lim muassasalar orasida o`zaro manfaatli kooperatsion aloqalar o`rnatish imkonini yaratdi, bu esa o`z navbatida tegishli tarmoq va sohalarning innovatsion rivojlanishiga turtki bo`lmoqda. Universitetimiz professor-o‘qituvchilari va yosh olimlari o`zlarining innovatsion g`oyalari, ishlanmalari, chop etilgan darslik, o`quv qo`llanma va elektron darsliklari bilan ishtirok etdilar. Yaratilgan yangi ishlanmalar yuzasidan soha yo‘nalishlari bo‘yicha shartnomalar imzolandi. Yarmarka yakunida vazirlik, mutasaddi tashkilotlar tomonidan universitet rahbariyati hamda professor-o`qituvchilar diplom va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.