“Pedagogika” fakulteti “Psixologiya” ta’lim yo‘nalishi 4 kurs talabalarining malakaviy amaliyoti bo‘lib o‘tmoqda

“Pedagogika” fakulteti “Psixologiya” (Psixolog. Psixolog-konsultant) ta’lim yo‘nalishi 4 kurs talabalarining malakaviy amaliyoti bo‘lib o‘tmoqda

Tafsilot

Qisqacha

“Pedagogika” fakulteti “Psixologiya” (Psixolog. Psixolog-konsultant) ta’lim yo‘nalishi 4 kurs talabalarining malakaviy amaliyoti bo‘lib o‘tmoqda

Batafsil

Amaliyot psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi N.A.G‘ayibova metodistligi ostida Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi “Ayollar maslahat markazi” da bo‘lib o‘tmoqda. Amaliyotning birinchi haftasi davomida talabalar tomonidan markaz faoliyati, markazda psixologik xizmatning o‘ziga xos jihatlari haqida, markaz tarixi, oilaviy muammolar bilan murojaat qilgan fuqorolarga psixlogik xizmat ko‘rsatish ishlari yuzasidan tanishuv amalga oshirildi. Sentyabr oyi davomida talabalar markaz psixologining ish yuritish hujjatlarini o‘rganishdi, psixolog ish faoliyatini kuzatishdi, psixologning mijozlar bilan suhbatini kuzatib tahlil qilishdi, psixologik maslahat ishlarini kuzatishdi hamda kuzatish ishlari bayonnomasini to‘ldirdilar. Shuningdek, markazga murojaat qilgan fuqorolar bilan psixodiagnostik ishlarni amalga oshirishdi. Jumladan, Sh.Sabohiddinova, N.Umirzoqova, Sh.Sultonova, S.Sagatova, va G.Zufarovalar markaz psixologi bilan hamkorlikda fuqorolarga psixologik maslahat berish ishlarini samarali kuzatib, mustaqil konsultatsiya o‘tkazishdi. Malakaviy amaliyot belgilangan tartibda va barcha talablarga mos ravishda o‘tmoqda