Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik

Bo’limning maqsadi Bo’limning maqsadi Maktabgach ta’lim,umumiy o’rta ta’lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o’quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, tashkiliy-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish, takomillashtirish va rivojlantirishga OTM tomonidan ilmiy-metodik, tashkiliy va amaliy yordam ko’rsatish masalalarini muvofiqlashtirishdan iborat.

Tafsilot

Bo’limning maqsadi Bo’limning maqsadi Maktabgach ta’lim,umumiy o’rta ta’lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o’quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, tashkiliy-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish, takomillashtirish va rivojlantirishga OTM tomonidan ilmiy-metodik, tashkiliy va amaliy yordam ko’rsatish masalalarini muvofiqlashtirishdan iborat.

Batafsil

Bo’limning vazifalari: - Maktabgach ta’lim,umumiy o’rta ta’lim akademik litsey va kasb-hunar kollejlari ta’lim-tarbiya, ilmiy-tadqiqot jarayonlarini yanada faollashtirish, ularning meyoriy-uslubiy, o’quv-tashkiliy va axborot-resurs ta’minoti sifatini oshirish natijasida o’quvchilarga berilayotgan nazariy bilimlar va amaliy ko’nikmalarni yanada mustahkamlash, bitiruvchi yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlashga, Maktabgach ta’lim,umumiy o’rta ta’lim va o’rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan oliy ta’lim o’rtasida uzviylik va uzluksizlikni yanada mustahkamlashga ko’maklashish; - tahsil olish sifati, mazmuni va samaradorligini ta’minlovchi elektron axborot majmuasini yaratish bo’yicha izlanishlar olib borish; - bo’lim Maktabgach ta’lim,umumiy o’rta ta’lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’qituvchilarining OTM axborot-resurs markazi fondidagi o’quv adabiyotlari, dastur, o’quv qo’llanma va darsliklar hamda ularning elektron versiyalaridan foydalanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish; - yuqori salohiyatga, moddiy texnik bazaga, namunaviy ta’lim-tarbiya jarayonini joriy etish imkoniyatiga ega bo’lgan Maktabgach ta’lim,umumiy o’rta ta’lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan o’zaro hamkorlik faoliyatini tashkil qilish; - hamkor muassasalarda fanlarni o’zlashtirishning metodik tahlili, axborot va pedagogik texnologiyalarni tahlil qilish asosida optimal taxsil olish jarayonini tashkil etish hamda uni uslubiy va moddiy ta’minotini ishlab chiqish chora-tadbirlarini ko’rish; - akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, bakalavriatura, magistratura fanlarining uzluksiz dasturlarini ilmiy izlanishlarning yutuqlari, amaliy sohalarning talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqish, axborot ta’minoti tizimini yaratish yo’nalishidagi ishlarni tashkil etishda hamkorlik qilish; - mas’ul kafedralar bilan birgalikda tahsil jarayoni bilan bog‘liq holda OTM qoshidagi akademik litseyda ta’lim olayotgan iqtidorli o’quvchilarning ilmiy izlanishlari mavzularini ishlab chiqish va ustoz-shogird metodi asosida izlanishlar olib borilishini tashkillashtirish; - yo’nalishlar bo’yicha mavjud o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi DTSlari o’quv rejalarini takomillashtirish bo’yicha takliflar berish; - OTMning Maktabgach ta’lim,umumiy o’rta ta’lim,akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik faoliyatiga oid ilg‘or tajribalarini keng ommalashtirish chora-tadbirlarini ko’rish; - o’qitish texnologiyasi, moddiy-texnik bazasi, o’quv-uslubiy ta’minoti va ta’lim oluvchining ish joyini tashkil qilishga bo’lgan optimal talablarni ishlab chiqish; - Maktabgach ta’lim,umumiy o’rta ta’lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari professor-o’qituvchilarining malakasini oshirish, xususan, ularning kompyuter va internet savodxonligi, ingliz tilini bilishi va undan amaliy foydalana olish malakasi, ilg‘or ta’lim texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya vositalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida samarali foydalanish ko’nikmalarini rivojlantirishda amaliy yordam ko’rsatish; - akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining iqtidorli o’quvchilarini tanlash va ularni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etish, o’quvchilar ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini OTM ilmiy nashrlarida chop etishga ko’maklashish; - Maktabgach ta’lim,umumiy o’rta ta’lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’qituvchilarini, ayniqsa, yosh iqtidorli pedagoglarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etish, ularning ilmiy mavzu va rahbar tanlashlarida ko’maklashish, shuningdek, ilmiy konferensiyalar, seminarlar tashkil etishda hamkorlikni yo’lga qo’yish; - bitiruvchilarni kasbga yo’naltirish va ularni ishga joylashtirish bo’yicha hamkorlikda ish olib borish; - Maktabgach ta’lim,umumiy o’rta ta’lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini unumli o’tkazish, ularda vatanparvarlik, o’zlikni anglash, millatimiz, dinimiz va tariximizga yot bo’lgan turli illatlarga qarshi mustahkam immunitet hosil qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ko’maklashish; - Maktabgach ta’lim,umumiy o’rta ta’lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida axborot-resurs ta’minoti va moddiy-texnik bazasini takomillashtirish, OTM Axborot texnologiyalari markazidan foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish. Bo’limning vakolati va faoliyat yo’nalishlari: 1. Bo’lim OTMning Maktabgach ta’lim,umumiy o’rta ta’lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik faoliyatini o’rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladigan shartnomalar asosida tashkil etadi. 2. Bo’lim Maktabgach ta’lim,umumiy o’rta ta’lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bazasida OTMdagi kafedralar filiallarini tashkil etadi. 3. Universitet kafedralarining Maktabgach ta’lim,umumiy o’rta ta’lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridagi filiallari OTM Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan Nizom, shuningdek, Kengashning yillik ish rejalari asosida faoliyat ko’rsatadi. Bo’limning tashkiliy tuzilmasi Bo’lim tashkiliy tuzilmasi jami 3 ta shtatdan (1 nafar bo’lim boshlig‘i, 2 nafar uslubchi) iborat etib tasdiqlangan. Bo’lim faoliyati to’g‘risida ma’lumot: Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 fevraldagi “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish to’g‘risida”gi 77-sonli qaroriga asosan Nizomiy nomidagi TDPU akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga pedagog kadrlar tayyorlaydigan tayanch oliy o’quv yurti maqomi berilgan. 2001 yil 4 oktabrdagi “O’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g‘risida”gi 400-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Nizomiy nomidagi TDPU bazasida akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridagi o’quv jarayonini zamon talablari darajasida tashkil etishga amaliy yordam ko’rsatish, ta’lim tizimida uzviylikni ta’minlash maqsadida 2001 yil 1 noyabrda “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik Markazi” tashkil qilindi. Uning faoliyati 2001 yil 25 oktabrda universitet Ilmiy kengashi qarori bilan tasdiqlangan. Hozirda “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’limi” boshlig‘i lavozimida R.Yuldashev, uslubchi lavozimlarida T.Xolqo‘ziev va M.Rasulxojaeva faoliyat olib bormoqdalar. Ta’lim turlari o’rtasida uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash, o’quv dasturlari, darsliklar va o’quv qo’llanmalarni hamkorlikda yaratish, ularning kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirish, kafedra filiallari mudirlari mas’uliyati hamda faoliyat samaradorligini ta’minlash maqsadida universitet rektorining “Universitet kafedralarining umumiy o’rta, va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tashkil qilingan kafedra filallarini tasdiqlash to’g’risidagi 859-U buyrug‘i asosida 44 ta filial tashkil etilgan. Kafedra filiallariga universitetning tajribali professor-o’qituvchilaridan mudirlar tayinlangan hamda ular hamkor ta’lim muassasalarining pedagogik Kengashlariga a’zo etib kiritilgan. Hozirgi vaqtda universitet kafedralari tomonidan ta’lim muassasalari bilan 3 yil muddatga mo‘ljallangan 200 dan ortiq hamkorlik shartnomalari imzolangan. Maktabgach ta’lim,umumiy o’rta ta’lim, аkademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta’lim sifatini oshirish va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etishga bag‘ishlangan anjumanlar o’tkazib kelinmoqda. Universitet kafedralari tomonidan o’rta maxsus, kasb-hunar, umumiy o’rta va maktabgacha ta’lim muassasalari uchun 100 dan ortiq darslik va o’quv qo’llanmalar chop ettirilgan. Talabalarning pedagogik amaliyotini tashkil etishda tegishli ta’lim muassasalari rahbarlari va o’qituvchilari o’zlarining amaliy yordamlarini berib kelishmoqda. Yosh pedagoglarga amaliy o’quv-metodik yordam ko’rsatish mexanizmi joriy etilgan. Bitiruvchilarning bakalavriat ta’lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda tumanlar bo’yicha doimiy turar joylari kesimida ma’lumotlar banki yaratilgan. Universitet tomonidan ish beruvchilarga yordam berish maqsadida bitiruvchilarga elektron buyurtma berish dasturiy ta’minoti shakllantirilgan, www.pedagog.uz. portalida universitetning ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha tumanlar va fanlar kesimida bitiruvchilar to’g‘risidagi ma’lumotlar muntazam joylashtirilib borilmoqda. Shuningdek, universitet bitiruvchilari hamda ta’lim muassasalarida mehnat qilayotgan yosh mutaxassislarga zarur bo’lgan o’quv qo’llanmalar, didaktik materiallar, uslubiy ko’rsatmalar portalga joylashtirilgan va ulardan ochiq holda foydalanish imkoniyati yaratilgan. Nizomiy nomidagi TDPU bazasida Maktabgach ta’lim,umumiy o’rta ta’lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘quv jarayonini zamon talablari darajasida tashkil etishga amaliy yordam ko‘rsatish, ta’lim tizimida uzviylikni ta’minlash hamda zamonaviy axborot va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni kengroq jalb etish maqsadida universitet Ilmiy Kengashi Qarori bilan tasdiqlangan Nizom va Dastur hamda universitetning Akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga ilmiy va amaliy o‘quv-uslubiy yordam ko‘rsatish istiqbol rejasi asosida faoliyat olib boradi.