Hamkorlikdagi AL

Ochiq eshiklar kuni va universitet haftaliklarida akademik litsey o’quvchilari universitet hayoti, fakultet va kafedralar bilan yaqindan tanishtirib boriladi. Universitetning “Psixologiya”, “Umumiy psixologiya” kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan bitiruvchi guruh o’quvchilarini oliy ta`lim muassasasining bakalavriat yo’nalishlariga aniqva maqsadli yo’llashbo’yicha kasbiy psixologik-pedagogik tashxis ishlari olib boriladi.

Tafsilot

Ochiq eshiklar kuni va universitet haftaliklarida akademik litsey o’quvchilari universitet hayoti, fakultet va kafedralar bilan yaqindan tanishtirib boriladi. Universitetning “Psixologiya”, “Umumiy psixologiya” kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan bitiruvchi guruh o’quvchilarini oliy ta`lim muassasasining bakalavriat yo’nalishlariga aniqva maqsadli yo’llashbo’yicha kasbiy psixologik-pedagogik tashxis ishlari olib boriladi.

Batafsil

Hozirgi vaqtda universitet hamkorlik doirasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatining 59 ta akademik litseylar bilan 5 yil muddatga mo’ljallangan hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Shartnoma shartlari universitetimizning tegishli kafedralari mutasaddilari tomonidan o’z vaqtida bajarib kelinmoqda. Xususan, shartnomada nazarda tutilgan o’quv-uslubiy, ma`naviy-ma`rifiy, ilmiy-amaliy va tashkiliy-metodik ishlar belgilangan reja asosida amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari akademik litseylar bazasida 7 ta kafedra filiallaritashkil etilgan. Kafedra filiali mudirlari tomonidan belgilangan ish rejasi asosida uchrashuvlar, davra suhbatlari, o’quv-uslubiy seminarlar, seminar-treninglar olib borilmoqda. Ochiq eshiklar kuni va universitet haftaliklarida akademik litsey o’quvchilari universitet hayoti, fakultet va kafedralar bilan yaqindan tanishtirib boriladi. Universitetning “Psixologiya”, “Umumiy psixologiya” kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan bitiruvchi guruh o’quvchilarini oliy ta`lim muassasasining bakalavriat yo’nalishlariga aniqva maqsadli yo’llashbo’yicha kasbiy psixologik-pedagogik tashxis ishlari olib boriladi. Litsey o’quvchilarining shaxsiy, ijtimoiy kelib chiqishi, dunyoqarashi, ma`naviy qiyofasini o’rganish maqsadida anketa so’rovnomalar o’tkaziladi. O’quv yili davomida universitetda faoliyat yuritayotgan darslik mualliflari, olimlar va yosh tadqiqotchilar tomonidan uchrashuvlar,akademik litsey ma`muriyati va guruh rahbarlari, ota-onalar qo’mitasi bilan hamkorlikda bitiruvchilar bilan kasb tanlash haqida o’zaro suhbatlar, “Mening kelajagim” mavzusida psixologik test, “Kelajak yoshlar qo’lida” mavzusida davra suhbatlari uyushtirib kelinmoqda. Akademik litsey o’quvchilarining universitetda o’tkaziladigan konferentsiyalarda, uchrashuvlarda, turli ma`naviy-ma`rifiy tadbirlarda ishtirok etishlari va o’z ustilarida samarali ishlashlari uchun universitetda Koreya bilan hamkorlikda ochilgan “KARMAT” dasturi asosida ishlovchielektron kutubxonadan unumli foydalanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.