Universitet Nuroniylar kengashining navbatdan tashqari yig’ilishi

Joriy yilning 9 yanvar kuni universitetning 2-anjumanlar zalida universitet rahbariyati, o’quv yurtida faoliyat olib borayotgan jamoat tashkilotlari vakillari va shu dargohda uzoq yilla rdan buyon samarali pedagogik faoliyat olib borayotgan hamda keksalik gashtini surayotgan faxriy profesor-o’qituvchilar bilan yig’ilish o’tkazildi.

Joriy yilning 9 yanvar kuni universitetning 2-anjumanlar zalida universitet rahbariyati, o’quv yurtida faoliyat olib borayotgan jamoat tashkilotlari vakillari va shu dargohda uzoq yilla rdan buyon samarali pedagogik faoliyat olib borayotgan hamda keksalik gashtini surayotgan faxriy profesor-o’qituvchilar bilan yig’ilish o’tkazildi. Yig’ilishni universitet rektori p.f.d.SH.S.Sharipov ochib berdi va Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti uzoq yillar nafaqat respublikamiz, balki Markaziy Osiyodagi nufuzli, malakali pedagogik kadrlarni Yetishtirib beruvchi ta`lim muassasi sifatida e`tirof etilganligini ta`kidladi hamda bunday e`tirofga erishishda avvalo, shu ta`lim muassasining tamal toshini qo’ygan atoqli olim va pedagoglar, keksa avlod vakillarining, qolaversa bugungi kunda faoliyat olib baryotgan professor-o’qituvchilarning hissasi alohida axamiyat kasb etishini ko’rsatib o’tdi. Shuningdek, universitetning uzoq yillik shonli tarixida shu maskanda mehnat qilgan keksalar, faxriylarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, respublikamizning diqqatga sazovor va tarixiy maskanlariga sayyoxatlar uyushtirish, ularni sog’liklarini mustaxkamlash yo’lida xayrli ishlarni amalga oshirib kelayotgan Nuroniylar kengashi faoliyatini yanada yaxshilash borasidagi hamda kelgusi yili universitetning tashkil etilganligiga 80 yil to’lishini e`tiborga olib, ushbu tarixiy sanani munosib nishonlash bo’yicha amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar to’g’risidagi axboroti ham tinglandi. Yig’ilishda faxriylar va bugungi kunda ham pedagogik faoliyat olib borayotgan professor-professor o’qituvchilar taklifiga binoan uzoq yillar universitetning Fizika-matematika fakulteti dekani, universitet Birlashgan Kasaba uyushmasiga rahbarlik qilgan professor Mamasoli Madrimov universitet Nuroniylar Kengashi raisi etib saylandi. Shuningdek, universitetning 80 yillik to’yiga tayyorgalik ko’rish bo’yicha galdagi vazifalar belgilab olindi.