“Ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish” mavzusida ilmiy-amaliy seminar

2017 yil 31 oktyabr kuni “Pedagogika va umumiy psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan, Chilonzor pedagogika kollejida “Ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Tafsilot

2017 yil 31 oktyabr kuni “Pedagogika va umumiy psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan, Chilonzor pedagogika kollejida “Ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

Kafedra professor-o‘qituvchilari: p.f.n., dotsent v.b. A.Sh. Muxsieva, p.f.n., dotsent v.b. M.X.Umarova, p.f.n., dotsent v.b. Z.T.Salieva va o‘qituvchi I.T.Nurmatova tomonidan 2017 yil 31 oktyabr kuni Chilonzor pedagogika kollejida “Ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etishdi. Seminarda pedagogika kolleji kafedralaridan “Pedagogika va psixologiya” hamda “Boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi o‘qituvchilariga “Ta’lim jarayonini tashkil etishda pedagogik mahorati”, “O‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda tarbiyaviy soatlarning o‘rni” “Guruh rahbari faoliyatini tashkil etishda innovatsion tarbiya texnologiyalardan foydalanish” mavzularida ma’ruza qilishdi. Kollej o‘quvchilariga “Oilashunoslik” fani o‘qitiladi. Ushbu fanga amaliy yordam sifatida A.Sh. Muxsieva tomonidan nashr ettirilgan “Oila pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi va “Oila pedagogikasi fanidan seminar mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar” nomli uslubiy qo‘llanmasi kafedra o‘qituvchilariga taqdim etildi. Pedagogika kolleji o‘qituvchilari tashkil etilgan ilmiy-amaliy seminarda qator ko‘rsatmalar olganliklari haqida iliq fikrlar bildirishib minnatdorchilik bildirdilar.