2017 yil 30 oktyabrda “Umumiy pedagogika” kafedrasi katta o’qituvchisi Djumayeva Sanobar Absaatovna tomonidan Mirobod sanoat KHK da “Islom Karimov asari bilimdoni” mavzusida katta tadbir tashkil etildi

“Tarix o’qitish metodikasi” yo’nalishi talabalari bilan malakaviy pedagogik amaliyotda, Mirobod sanoat KHK da “Islom Karimov asari bilimdoni” mavzusida katta tadbir tashkil etildi.

2017 yil 30 oktyabrda “Umumiy pedagogika” kafedrasi katta o’qituvchisi Djumayeva Sanobar Absaatovna va “Tarix” fakulteti dekani, metodist Ishquvvatov Valijon Turdiqulovich tomonidan “Tarix o’qitish metodikasi” yo’nalishi talabalari bilan malakaviy pedagogik amaliyotda, Mirobod sanoat KHK da “Islom Karimov asari bilimdoni” mavzusida katta tadbir tashkil etildi.Tadbir davomida Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning buyuk asarlarini KHK o’quvchilari tomonidan qay darajada bilishlari ularning intilishi va qiziqishlaridan yaqqol ko’rinib turdi. O’quvchilarning I.A.Karimov asarlarining har biriga alohida to’xtalib o’tib sharhlab berishlari tahsinga loyiq.Ayniqsa o’quvchilar tomonidan o’z qo’llari bilan Buyuk insonning siymosini chizishi, unga atab sh’er yaratishi hammani diqqatini tortdi. Amaliyotchi talabalarimizning har biri o’zi biriktirilgan guruhdan o’quvchilarni tadbir uchun mas’uliyat bilan yondashib tayyorgarlik ko’rishgan.Jumladan I.Karimovga bag’ishlangan video lavha namoyish etildi.O’quvchilarning tadbirda asarlarni chuqur bilishi bellashuvida Sattorova Gulsanam va Abdullayev Nodirni “I.Karimov asari bilimdoni” nominasiyasi bilan birinchi o’ringa, Murodov Begzodni ikkinchi o’ringa , Majidova Madinani uchinchi o’ringa loyiq deb topildi. Ushbu o’quvchilarga esdalik uchun I.Karimov asarlaridan kitoblar sovg’a qilindi. Tadbir ko’tarinki ruhda yakunlandi.