Tarix

Tarix fakulteti 1935 yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti tashkil topgan kundan boshlab faoliyatini boshlagan. Fakultet tashkil topgandan buyon ta’lim tizimiga 15000 mingdan ortiq yuqori malakali tarixchi-pedagoglarni yetishtirib berdi.

  • “Uch avlod uchrashuvi” ruknidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirdan lavhalar
  • Boshqa rasmlar

Tafsilot

Tarix fakulteti 1935 yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti tashkil topgan kundan boshlab faoliyatini boshlagan. Fakultet tashkil topgandan buyon ta’lim tizimiga 15000 mingdan ortiq yuqori malakali tarixchi-pedagoglarni yetishtirib berdi.

Batafsil

Tarix fakulteti 1935 yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti tashkil topgan kundan boshlab faoliyat kо‘rsatib kelmoqda. Ilk yillarda fakultetda 23 ta talaba о‘qigan bo'lib, professor V.I. Krasovsev rahbarligidagi bitta kafedra faoliyat kо‘rsatgan. Fakultet tashkil topgandan buyon, ta’lim tizimiga 15000 mingdan ortiq yuqori malakali tarixchi-pedagoglar tayyorlandi. Fakultet XX asrning 50-yillarida Tarix-filologiya fakulteti sifatida faoliyat kо‘rsatgan. 1968 yili Tarix fakulteti alohida fakultet bo‘lib ajralib chiqdi.

Hozir fakultetda Tarix о‘qitish metodikasi, Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari bakalavr yo’nalishlari bо‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Fakultetda О‘zbekiston tarixi va tarix о‘qitish metodikasi, Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari, O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedralari mavjuddir. Talabalarning zarur bilim sohibi bо‘lishlari uchun fakultetda barcha sharoitlar yaratilgan. Darslarning barchasi ozoda va yorug‘, ta’mirlangan hamda jihozlangan xonalarda olib boriladi. Magistrlar uchun ham alohida auditoriya xonalari mavjud bо‘lib, ular bilan о‘z sohasining yetuk, bilimdon, yuksak malakali ustozlar – fan doktorlari, professorlar mashg‘ulot olib boradi.

2013 yildan boshlab fakultet dekani sifatida tarix fanlari nomzodi, dotsent V.Ishquvvatov faoliyat kо‘rsatmoqda. Darslar faqat fakultetning о‘zidagina olib borilmasdan, balki talabalarni amaliyotga yanada yaqinlashtirishni kо‘zda tutgan holda, Toshkent shahrida joylashgan kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarda, shuningdek, О‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix institutida tashkil etilgan fakultet filiallarida olib boriladi. Fakultet talabalari har yili akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida pedagogik amaliyotdan о‘tadi. Har yili fakultet talabalari Ona Vatanimizning qadimiy shaharlari: Toshkent, Samarqand, Buxoro kabi shaharlarning diqqatga sazovor tarixiy joylariga ekskursiyalar tashkil etiladi.

Fakultetda turli davrlarda atoqli olimlar: akademik Yahyo G‘ulomov, A.Asqarov, tarix fanlari doktori, professorlar: Sh.Sh.Abdullayev, Z.R.Nuriddinov, X.T.Tursunov, D.Allamurodov, V.I.Yefimov, A.S.Nabiyev, G.I.Jeltova, S.S.Komilova, SH.Ziyomov, S. Teleiqulov, H.Bobobekovlar, tarix fanlari nomzodi, professorlar: A.P.Fomchenko, M.Ermatov, A.Sagdiyev, M.X.Davlatyusupov, R.M.Boyjonovlar faoliyat kо‘rsatganlar. Tarix fanlari doktori, professorlar: Sh.Sh.Abdullayev, X.Tursunov, Z.R.Nuriddinov taniqli tarixchi olim bо‘lish bilan birga о‘quv yurtimiz ravnaqiga rektor sifatida salmoqli hissa qо‘shganlar.

Fakultet mehnat jamoasi О‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti, Arxeologiya instituti, Sharqshunoslik instituti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi О‘zbekiston Milliy universiteti, Moliya instituti, Iqtisodiyot universiteti, Texnika universiteti va Respublikadagi barcha pedagogika universitetlarining “О‘zbekiston tarixi” kafedralari bilan ilmiy tadqiqot ishlari bо‘yicha, shuningdek, о‘rta-maxsus ta’lim tizimidagi kо‘plab о‘quv muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari asosida ish olib boradi. Fakultet professor-о‘qituvchilari ilmiy tadqiqot ishlari natijasida kо‘plab darsliklar, о‘quv qо‘llanmalari, dasturlari va ma’ruza matnlarini nashr etganlar. Tarix fakultetining iqtidorli talabalari davlat stipendiyalari, Respublika talaba-yoshlarining olimpiadalari, tanlovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqdalar. Jumladan, Haitova Feruza 2007—2008-о‘quv yilida Alisher Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi hamda О‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi va Mehr nuri jamg‘armasining iqtidorli talabalar stipendiyasi sovrindori bо‘lgan. Tursunov Farrux 2006—2007-о‘quv yilida Alisher Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi, Mutalibova Diyora 2009-2010 о‘quv yilida Alisher Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindorlari bо‘lishdi.

Hozirda Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi 4-bosqichida tahsil olayotgan Bobir Eshquvatov Alisher Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sohibi. Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’lim yo’nalishi talabasi Jalolov Bahodir 2011-2012 о‘quv yilida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sovrindori, shuningdek, Dinshunoslik fani bо‘yicha talabalar Respublika fan olimpiadasining respublika bosqichida 2-о‘rinni egalladi. Fakultetda ta’lim olayotgan talabalar tarix va huquq, milliy g‘oya, ma’naviyat fanlari sohasidagi bilimlarni puxta о‘rganish bilan birga fors, arab, ingliz, nemis, fransuz tillaridan ham saboq olishadi. Shuningdek, talabalarimiz о‘qish jarayonida arab alifbosiga asoslangan eski о‘zbek yozuvini mukammal egallaydilarki, bu bilan ulug‘ ajdodlarimizdan tarixiy meros bо‘lib qolgan ming yillik ma’naviy xazinamizga kira olishdek sharafli imkoniyatni qо‘lga kiritadilar. Tarix fakultetini tamomlagan mutaxassislar umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida о‘qituvchilik qilish bilan birga umumiy va о‘rta maxsus ta’lim tizimi muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha turli lavozimlarda, hokimiyatlarning «Ma’naviyat va ma’rifat» bо‘limlarida, shuningdek, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazlarida yetakchi mutaxassis bо‘lib faoliyat kо‘rsatishlari mumkin.