Tarix fakulteti

Tarix fakulteti 1935-yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti tashkil topgan kundan boshlab faoliyatini boshlagan. Fakultet tashkil topgandan buyon ta’lim tizimiga 15000 mingdan ortiq yuqori malakali tarixchi-pedagoglarni yetishtirib berdi.

  • “Uch avlod uchrashuvi” ruknidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirdan lavhalar
  • Boshqa rasmlar

Tarix fakulteti 1935-yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti tashkil topgan kundan boshlab faoliyatini boshlagan. Fakultet tashkil topgandan buyon ta’lim tizimiga 15000 mingdan ortiq yuqori malakali tarixchi-pedagoglarni yetishtirib berdi.

Tarix fakulteti 1935-yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti tashkil topgan kundan boshlab faoliyat kо‘rsatib kelmoqda. Boshlang‘ich davrda 23ta talaba о‘qigan va professor V.I. Krasovsev rahbarligidagi bitta kafedra faoliyat kо‘rsatgan.

Fakultet tashkil topgandan buyon, ta’lim tizimiga 25000 mingdan ortiq yuqori malakali tarixchi-pedagoglar tayyorlangan.

Fakultet XX asrning 50-yillarida Tarix-filologiya fakulteti sifatida faoliyat kо‘rsatgan. 1968-yili Tarix fakulteti alohida fakultet bo‘lib ajralib chiqdi.

Tarix fakulteti Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida ilk tashkil etilgan fakultetlardan biridir. Hozir fakultetda «Tarix о‘qitish metodikasi», «Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari» bakalavr yo’nalishlari bо‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Fakultetda «О‘zbekiston tarixi va Tarix о‘qitish metodikasi», «Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari», «O'zbekistonda demokratik jamiyat qurush nazariyasi va amaliyoti», kafedralari mavjuddir.

Talabalarning zarur bilim sohibi bо‘la olishlari uchun fakultetda barcha sharoitlar yaratilgan. Darslarning barchasi ozoda va yorug‘, ta’mirlangan hamda jihozlangan xonalarda olib boriladi. Magistrlar uchun ham alohida auditoriya xonalari mavjud bо‘lib, ular bilan о‘z sohasining yetuk, bilimdon, yuksak malakali ustozlari – fan doktorlari, professorlar mashg‘ulot olib boradilar.

2013-yildan boshlab fakultet dekani sifatida tarix fanlari nomzodi, dotsent V.Ishquvvatov faoliyat kо‘rsatib kelmoqda.