Kasb ta`limi

Mamlakatimizda fan-texnika taraqqiyotining rivojlanishi 1957 yilda umumiy о‘rta ta’lim maktablarida politexnik ta’limni joriy qilish zaruriyatini keltirib chiqardi. Shundan kelib chiqqan xolda, о‘n yillik umumiy о‘rta ta’lim maktablarini politexnik ta’lim maktablariga aylantirishga qaror qilindi.

Tafsilot

Qisqacha

Mamlakatimizda fan-texnika taraqqiyotining rivojlanishi 1957 yilda umumiy о‘rta ta’lim maktablarida politexnik ta’limni joriy qilish zaruriyatini keltirib chiqardi. Shundan kelib chiqqan xolda, о‘n yillik umumiy о‘rta ta’lim maktablarini politexnik ta’lim maktablariga aylantirishga qaror qilindi.

Batafsil

Bu esa oliy pedagogika о‘quv yurtlari oldiga ushbu maktablarda umumtexnika va mehnat fanlaridan dars beradigan yuqori malakali о‘qituvchi kadrlar tayyorlashni asosiy vazifalardan biri qilib qо‘ydi. Bu vazifani amalga oshirish uchun 1957 yil Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika Institutida «Fizika va ishlab chiqarish asoslari» о‘qituvchisini tayyorlab berish uchun moddiy texnika bazani yaratishga kirishildi. 1957-59 yillarda, “Fizika” fakulteti qoshida mashinasozlik texnologiyasi laboratoriyasi, avtotraktor о‘quv xonasi, metallarga ishlov berish va duradgorlik ustaxonalari tashkil qilindi. 1959 yildan boshlab «2120-umumtexnika fanlari va mehnat о‘qituvchisi» - о‘quv rejasi tasdiqlandi va shu reja asosida о‘qituvchi – kadrlar tayyorlaydigan “Industrial-pedagogika” fakulteti tashkil qilindi. Bu davrda fakultetda faqat “Mashinasozlik va metallar texnologiyasi” kafedrasi faoliyat kо‘rsatgan. Kafedra mudiri bо‘lib, dotsent M.T. Toirxodjayev tayinlangan. 1959 yildan boshlab fakultet turli davrlarda «Injener - pedagogika», «Umum texnika fanlari», «Industrial-pedagogikasi» va hozirgi kunda «Kasb ta’limi» fakulteti deb nomlangan. Turli davrlarda fakultetda quyidagi professor-о‘qituvchilar dekanlik vazifasini bajarganlar: 1959-1962 yillar dotsent G.Abdurashidov; 1962-1967 yillar dotsent D.N.Ganiyev; 1967-1974 yillar dotsent S.A.Xodjayev; 1974-1978 yillar dotsent M.T.Toirxodjayev; 1978-1980 yillar prof. U.N.Nishonaliyev; 1980-1986 yillar prof. A.Y.Yuldashev; 1986-1992 yillar prof. A.I.Vorobyev; 1992-1993 yillar dotsent M.S.Yaxyayev; 1993-1997 yillar dotsent A.R.Rasulmuxamedov; 1997-1998 yillar dotsent B.Xusanov; 1998-2008 yillar dotsentent N.A Muslimov; 2008-2010 yillar dotsent A.I. Avazboyev; 2010-2011 yildan dotsent V.N.Sattorov 2011 yildan boshlab dotsent Y.U.Ismadiyarov fakultet dekani lavozimida ishlab kelmoqda. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 1959-1960 o‘quv yilidan boshlab fizika-matematika fakulteti negizida umum texnika fanlari va mehnat ixtisosligi bo‘yicha o‘qituvchilarni tayyorlay boshladi va shu yili 1 sentyabrdan boshlab injener-pedagogika fakulteti tashkil topdi hamda fakultet qoshida bitta – “Mashinasozlik va metallar texnologiyasi“ ¬kafedrasi tashkil etildi. Muhandislik pedagogika fakultetida dastlabki yillarda V.A.Mirbobaev, S.X.Irgashev, A.I.Vorobev, V.X.Abdukadirov, G.Raxman-Zade, S.A.Yuldashbekov va boshqalar faoliyat ko‘rsatdilar. Keyinchalik, 1964 yilda ular safini fakultet bitiruvchilari X.Xanjanov, U.Nishanaliev, A.Gafarov, D.Satibaldiev, Yu.Kaplun, A.Magdiev, B.Muxamedjanovlar to‘ldirdilar. Bugungi kunda fakultetda 5 ta bakalavr yо‘nalishlari hamda 6 ta magistratura mutaxassisliklari bо‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Ular quyidagilardir: Bakalavriat yо‘nalishlari bо‘yicha: 1). 5112100 – Mehnat ta’limi; 2). 5111000 – Kasb ta’limi (5150900- Dizayn (Kostyum)); 3). 5111000 - Kasb ta’limi(5330200-Informatika va axborot texnologiyalari); 4). 5111000 – Kasb ta’limi (5330400 –Kompyuter grafikasi va dizayn); 5). 5110800 – Tasviriy san’at va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi; Magistratura mutaxassisliklari bо‘yicha: 1). 5A112100 – Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (mehnat ta’limi); 2). 5A 110802 – Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi; 3). 5A 110801 – Tasviriy san’at va amaliy bezak san’ati; 4). 5A111001-Kasb ta’limi nazariaysi va metodikasi (informatika va axborot texnologiyalari) 5). 5A111001-Kasb ta’limi nazariaysi va metodikasi (dizayn); 6). 5A111001-Kasb ta’limi nazariaysi va metodikasi (kompyuter grafikasi) Hozirgi kunda fakultetda oltmishdan ortiq professor-о‘qituvchilar talabalarga o’zlarining bilimlarini singdirib kelmoqdalar. Shulardan fan doktori va professorlar: U.I.Inoyatov, N.A.Muslimov, Sh.S.Sharipov, U.Sh.Begimqulov, O‘.Q.Tolipov, S.S.Bulatov fan nomzodi, professorlardan Sh.K.Murodov, B.K.Muxamedsaidov, R.G.Isyanov, fan nomzodi, dotsentlar: P.O.Adilov, X.Z.Ismatullayeva, Ya.U.Ismadiyarov, D.U.Ergashev, R.G.Mullaxmetov, S.A.Boltabayev, S.Abdirasilov, O.A.Qо‘ysinov, G.M.Anorqulova, O.I.Avazbayev, S.Y.Axmadaliyev, S.A.Alibekov, L.M.Nabiulina, dotsentlar: A.O.Ahirboyev, R.Sh.Xalilov, A.N.Valiyev, M.K.Xalimov, V.A.Chursina, R.B.Daminova shu bilan birga uch nafar D.N.Mamatov, H.Sh.Qodirov, Sh.S.Abdurayimovlar falsafa doktori (pedagogika fanlari (PhD) darajasi bo’yicha) 2017 yilda himoya qildilar. Fakultetda bugungi kunda beshta kafedra faoliyat yuritmoqda. Bular, “Axborot tehnologiyalari”, “Mehnat ta’limi va dizayn”, “Muhandislik grafikasi va uni o’qitish metodikasi”, “Tasviriy san’at va uni o’qitish metodikasi”, “Kasb ta’limi metodikasi” kafedralari. Kafedralar umumiy о‘rta, о‘rta maxsus, kasb – hunar ta’limi muassasalari bilan hamkorlik ish rejasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hamda shu reja asosida akademik litsey, kasb – hunar kollejlari va umumiy va maxsus о‘rta ta’lim muassasalari bilan amalda hamkorlik shartnomalar tuzilgan. Kafedralarning professor-о‘qituvchilari tomonidan akademik litsey, kasb – hunar kollejlari, umumiy va maxsus о‘rta ta’lim muassasalari uchun darsliklar hamda о‘quv qо‘llanmalar yaratilmoqda. Oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning innovatsion hamkorligini tashkil etish bо‘yicha kafedralarda tadbirlar rejasi tuzilgan. Kafedralarda ilmiy tadqiqot ishlarini modernizatsiyalashni tashkil qilish bо‘yicha chora tadbirlar rejasi tuzilgan va mazkur reja asosida faoliyat olib borilmoqda. Umumiy о‘rta ta’lim va о‘rta mahsus kas-hunar ta’limi tizimida faoliyat olib boriyatga professor-о‘qituvchilarini ilmiy tadqiqot ishlariga samarali jalb etish masalalari kun tartibiga kiritilgan.