“Harakatlar strategiyasi yoshlar faoliyatida”

“Harakatlar strategiyasi yoshlar faoliyatida” mavzusida seminar tashkil qilindi

2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasi rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo’nalishi bo’yicha “Harakatlar strategiyasi” da belgilab berilgan vaifalar, ularni bajarilishi, amalga oshirilayotgan amaliy ishlar bo’yicha 2017 yilning 22 noyabr kuni Nizomiy nomidagi TDPU ning 1-bosqich magistrlari tomonidan “Harakatlar strategiyasi yoshlar faoliyatida” mavzusida seminar tashkil qilindi. Seminarda Nizomiy nomidagi TDPU ning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor O.A. Qo’ysinov, iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi boshlig’i Musayeva N.M lar ochib berishdi. 1-2-3-guruh magistrlari tomonidan ko’rgazmali qurollar, slaydlar tayyorlandi. Hamma magistrlar faol ishtirok etdilar. Seminar xorijiy tillarda hamda me’yoriy tarzda mazmunan boyitildi. Ushbu seminarni magistratura bo’limi boshlig’i Saydamatov.F yakunlash chog’ida barcha guruhlar diplom bilan taqdirlandi