“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqini o‘rganish bo‘yicha ilmiy-ommabop risolasi”

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqini o‘rganish bo‘yicha ilmiy-ommabop risolasi”dan universitet Axborot-resurs markaziga 23 nusxada qabul qilindi

Tafsilot

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqini o‘rganish bo‘yicha ilmiy-ommabop risolasi”dan universitet Axborot-resurs markaziga 23 nusxada qabul qilindi

Batafsil

24 noyabr kuni “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqini o‘rganish bo‘yicha ilmiy-ommabop risolasi”dan universitet Axborot-resurs markaziga 23 nusxada qabul qilindi. Elektron to‘liq matni tayyorlab ARM dasturlariga kiritildi. Ushbu ilmiy-ommabop risola O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 19 sentyabrda BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasining oliy darajadagi yalpi majlisida so‘zlagan nutqining mazmun-moxiyati va ahamiyati xaqida atroflicha fikr yuritilib, unda ilgari surilgan o‘ta muhim va dolzarb fikr va g’oyalar, amaliy taklif va xulosalar bo’yicha mamlakatimizdagi taniqli olim va mutaxassislarning taxliliy mulohazalari bayon qilinadi. Shuningdek, mazkur risolada O‘zbekiston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘rtasidagi g’amkorlik aloqalarining izchil ravishda samarali rivojlanib borayotgani, mamlakatimizda qabul qilingan 2017-2021 yillarda O‘zbekistan Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan keng ko’lamli chora-tadbirlar, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-xuquqiy soxalarda olib borilayotgan tizimli isloxotlar statistik ma’lumotlar, taxliliy materiallar asosida batafsil yoritib berilgan. Mazkur risola talaba-yoshlar, o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, targ‘ibot-tashviqot guruhi vakillari va keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljalangan. Jamiyatimizda siyosiy faollik ortib bormoqda, barcha sohalarda chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Ulardan ko‘zlangan maqsad - «Inson manfaatlari hamma narsadan ustun» degan oddiy va aniq-ravshan tamoyilni amalga oshirish ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan demokratik davlat va adolatli jamiyat barpo etishdan iborat. Bizning maqsadimiz - yurtimizda xalq, hokimiyatini nomiga emas, balki amalda joriy qilish mexanizmlarini mustahkamlashdan iborat. Ishonchimiz komil: xalq, davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak. Shavkat Mirziyoyev