“Yer yuzining sayqali” nomini olgan Samarqand shaxriga sayoxat

“Yer yuzining sayqali” nomini olgan Samarqand shaxriga sayoxat uyushtirildi

Tafsilot

“Yer yuzining sayqali” nomini olgan Samarqand shaxriga sayoxat uyushtirildi

Batafsil

2017 yil 30 noyabr kuni TS 301 guruh talabalari va guruh murabbiyi “Tasviriy san’at va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi katta o’qituvchisi S.B.Mahkamova Samarqand shaxriga sayoxat uyushtirdilar. Talabalar Bibixonim Jome masjidi, Go’ri Amir maqbarasi, Shoxi Zinda majmuasi, Ulug’bek madrasasi, rasadxonasi kabi ko’plab mashhur me’moriy obidalar borib ziyorat qildilar va tarixi bilan tanishdilar. Shuningdek TS301 guruh talabalari O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning xaykali ostiga gul qo’ydilar. So’ngra xar bir tarixiy obidalarni aylanib tarixi bilan tanishdilar. Tillaqori madrasasi XVII asr. Samarqand Registonida eng keyingi qurilgan nihoyatda xushbichim va o’ziga xos madrasadir. Tillaqori madrasasining masjidi ichiga boshqa bir katta obida qurishga yetadigan miqdorda oltin sarflangan. Shuning uchun ham madrasa “Tillaqori“, ya’ni “tilladan ishlov berilgan”, deb ataladi. XVII asr. Sherdor madrasasi Registon majmuasiga kiradigan obida bo’lib, 1619-1636 yillari Mirzo Ulug’bek xonaqohi o’rniga qurdirilgan. Madrasa peshtoqiga Yalangto’sh Bahodirni ulug’lovchi she’r bitilgan. Sherdor so’zi “Sher aksi bor “, degan ma’noni anglatadi. Samarqand marvaridi” degan nomga sazovor bo’lgan Shohizinda ansambli nafaqat tarixiy-me’morchilik yodgorligi, balki, mashhur allomalar, avliyolar malikalar, lashkarboshilarning abadiy oromgohi hamdir. Ulug’bek madrasasi Movarounnahr hukmdori, buyuk olim va munajjim Mirzo Ulug’bekning buyrug’iga ko’ra 1417-1420 yillarda qurilgan. Ushbu madrasa Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan eng qadimgi o’quv yurti binosidir. Tadbir juda sarguzashtlarga boy mazmunli o’tdi