Xalqaro nogironlar kuni

“Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Universitet psixologi O.S.Fayzullaeva rahbarligi ostida “Pedagogika” fakulteti “Psixologiya” kafedrasi PS 401-guruh talabalari 106-sonli zaif eshituvchi bolalar maktab internatiga tashrif buyurishdi.

Детали

Детально

Ushbu tashrifdan maqsad talabalarning “Maxsus psixologiya” fanidan olgan bilimlarini amaliyotda sinab ko‘rish imkonini yaratishdan iborat edi. Shuningdek, maktab internatida ta’lim-tarbiya olayotgan bolalar psixologiyasini o‘rganish bilan bir qatorda, talabalarning o‘z kasbiga nisbatan bo‘lgan mas’uliyat hissini oshirish. Maktab internatida bo‘lajak psixologlar turli sinflarga taqsimlangan holda ish olib bordilar. Ularning o‘z oldilariga qo‘ygan eng asosiy maqsadlari imkoniyatlari cheklangan bolalar bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish va internat tarbiyalanuvchilariga ijobiy psixologik his-tuyg‘ularni ulashish edi. Talabalar ushbu tashrifdan juda ta’sirlanishdi va kelgusida bunday amaliy ko‘rinishdagi dars mashg‘ulotlari ko‘proq tashkil etilishini taklifini berdilar.