"Adabiyot va san'at uyg'unligi"

"Adabiyot va san'at uyg'unligi" mavzusida adabiy-badiiy tadbir ko'tarinki ruhda o'tkazildi

Tafsilot

"Adabiyot va san'at uyg'unligi" mavzusida adabiy-badiiy tadbir ko'tarinki ruhda o'tkazildi

Batafsil

Kitob so'zlari kishining qo'lidan tutadi, uni ezgu yo'lga boshlaydi. Bu hikmatni ko'plab kitoblarni o'qigan odamgina anglab yetadi. Yusuf Xos Hojib TDPU akademik litseyida 2017 yil 12 dekabr kuni universitet jamoasi, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi, Muqimiy nomidagi davlat musiqali drama teatri bilan hamkorlikda "Adabiyot va san'at uyg'unligi" mavzusida adabiy-badiiy tadbir ko'tarinki ruhda o'tkazildi. Tadbirni litsey O'IBDO' E.Xasanov ochib berib, tashrif buyurgan mehmonlarga o'z tashakkurini bildirdi. Mehmonlar o'zlarining fikr-mulohazalarini navbati bulan bildirdi. Nizomiy nomidagi TDPU kasb-hunar va akademik litseylar bilan ishlash bo'limi boshlig’i R.Т.Yo'ldoshev kitobning, adabiyotning inson hayotidagi muhim o'rni haqida gapirib, o'quvchilarni kitob bilan oshno bo'lishlarini aytib o'tdi. Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi bosh mutaxassisi M.Abduhakimova esa adabiyot va san'at o'rtasidagi uyg'unlikning ifodalari, qirralari, barkamol avlod tarbiyasida bu tushunchalarning o'rni beqiyos ekanligi haqidagi ash'orlar misolida gapirib o'tdi. Navbatdagi tadbir sababchilari Muqimiy nomidagi davlat musiqali drama teatrining sevimli aktyorlaridan U.Shodmonov hamda B.Xolmo'minovlar ham asosan san'atning qudrati, uning jozibadorligi, ayniqsa jonli teatrning inson ruhiyatini, psixologiyasini tarbiyalashda, mashhur adiblarimizdan biri M.Behbudiy aytganidek: "Teatr - bu ibratxona" kabi hikmatlarning mazmun-mohiyatining qanchalik qudratli va tarbiyaviy ahamiyatga molik jihatlarini gapirib o'tishdi. Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi bosh mutaxassisi M.Abduhakimova esa adabiyot va san'at o'rtasidagi uyg'unlikning ifodalari, qirralari, barkamol avlod tarbiyasida bu tushunchalarning o'rni beqiyos ekanligi haqidagi ash'orlar misolida gapirib o'tdi. Navbatdagi tadbir sababchilari Muqimiy nomidagi davlat musiqali drama teatrining sevimli aktyorlaridan U.Shodmonov hamda B.Xolmo'minovlar ham asosan san'atning qudrati, uning jozibadorligi, ayniqsa jonli teatrning inson ruhiyatini, psixologiyasini tarbiyalashda, mashhur adiblarimizdan biri M.Behbudiy aytganidek: "Teatr - bu ibratxona" kabi hikmatlarning mazmun-mohiyatining qanchalik qudratli va tarbiyaviy ahamiyatga molik jihatlarini gapirib o'tishdi. Tadbirda akademik litsey o'qituvchilaridan Y.Shukurov, G.Azimova, M.Raxmanova, psixolog Sh.G'ofurova hamda Yoshlar yetakchisi A.Ikromov va boshqalar tadbirni mazmunli va samarali o'tishida faol ishtirok etdi

Mavzuga oid