Xorijlik fuqarolarni o'qishga qabul qilish

Tafsilot

Batafsil

Hozirgi kunda TDPUda Rossiya, Turkmaniston, Qozog`iston, Koreya Respublikasi Ozarbayjon Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasidan, umumiy hisobda 40 dan ziyod horijiy davlat fuqarolari taxsil olib kelishmoqda. TDPUda horijiy abiturientlar to`lov shartnoma shaklida o`qishlari mumkin. O’qishni tamomlagandan so’ng o’quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan, hamda yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o’tgan talabalarga universitet diplomi beriladi. Kerakli hujjatlar: • O’qishga qabul qilish haqida ariza; • Xorijiy talaba ma’lumotnomasi; • Attestat/ma’lumot, diplomning, o’zlashtirgan fanlari va olgan baholarining aslli va nusxasi o’zbek yoki rus tillariga tarjima qilinib natariusdan tasdiqlangan shaklda; • Referat yoki chiqarilgan maqolalarning natariusdan tasdiqlangan shakli (katta ilmiy xodim-izlanuvchilar uchun); • Sog`ligi haqida ma’lumotnoma; • Passport (amaldagi vizasi bilan) yoki tug’ilganlik haqidagi guvohnoma; • 6 ta rasm (3,5x4,5 shaklda). O'qitish shartnomasi miqdori: Bakalavriat – 20 000 000 so’m (agar doimiy yashash guvohnomasi bo’lsa 10 500 000 so’m) Magistratura – 22 000 000 so’m (agar doimiy yashash guvohnomasi bo’lsa 11 600 000 so’m) Bakalavriat ta’lim yo’nalishlari ro’yhati: 1 5110100-Matematika o’qitish metodikasi 2 5110200-Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi 3 5110300-Kimyo o’qitish metodikasi 4 5110400-Biologiya o’qitish metodikasi 5 5110500-Geografiya o’qitish metodikasi 6 5110600-Tarix o’qitish metodikasi 7 5110700-Informatika o’qitish metodikasi 8 5110800-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi 9 5110900-Pedagogika va psixologiya 10 5111100-Musiqa ta’limi 11 5111300-Ona tili va adabiyoti (Rus tili va adabiyoti) 12 5111300-Ona tili va adabiyoti (Rus tili va adabiyoti (o’zga tilli guruhlarda)) 13 5111300-Ona tili va adabiyoti (Koreys tili va adabiyoti) 14 5111300-Ona tili va adabiyoti (Qozoq tili va adabiyoti) 15 5111400-Xorijiy til va adabiyoti (Ingliz tili va adabiyoti) 16 5111400-Xorijiy til va adabiyoti (Nemis tili va adabiyoti) 17 5111500-Chaqiriqqacha harbiy ta’lim 18 5111600-Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi 19 5111700-Boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish 20 5111800-Maktabgacha ta’lim 21 5111900-Defektologiya 22 5112000-Jismoniy madaniyat 23 5112100-Mehnat ta’limi 24 5111000-Kasb ta’limi (5150900-Dizayn) 25 5111000-Kasb ta’limi (5330400-Kompyuter grafikasi va dizayn) 26 5210200-Psixologiya (Umumiy psixologiya) Magistratura mutahassisligi ro’yhati: 1 5А110101-Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Matematika) 2 5А110201-Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Fizika va astronomiya) 3 5А110301-Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Kimyo) 4 5А110401-Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Biologiya) 5 5А110501-Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Geografiya) 6 5А110601-Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (Tarix) 7 5А110701-Ta’limda axborot texnologiyalari 8 5А110801-Tasviriy san’at va amaliy bezak san’ati 9 5А110802-Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi 10 5А110901-Pedagogika nazariyasi va tarixi 11 5А110902-Pedagogika va psixologiya 12 5А111101-Musiqa ta’limi va san’ati 13 5А111301-Ona tili va adabiyoti (Rus tili) 14 5А111301-Ona tili va adabiyoti (o’zga tilli guruhlarda rus tili va adabiyoti) 15 5А111401-Xorijiy til va adabiyoti (Ingliz tili) 16 5А111501-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Chaqiriqqacha harbiy ta’lim) 17 5А111601-Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (Ma’naviyat asoslari) 18 5А111701-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang’ich ta’lim) 19 5А111801-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Maktabgacha ta’lim) 20 5А111901-Maxsus pedagogika, defektologiya (Logopediya) 21 5А111901-Maxsus pedagogika, defektologiya (Surdopedagogika) 22 5А112001-Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi 23 5А112101-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Mehnat ta’limi) 24 5А111001-Kasb ta’limi nazariyasi va metodikasi: informatika va axborot texnologiyalari 25 5А111001-Kasb ta’limi nazariyasi va metodikasi: kompyuter grafikasi va dizayn 26 5А111001-Kasb ta’limi nazariyasi va metodikasi: dizayn Xorijiy talabalar: 1. Oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan muddatdan kechirmasdan universitetga yetib kelishlari shart. 2. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarni hurmat qilishlar, xorijiy fuqarolarning O’zbekiston Respublikasida yashashi va harakatlanishi qonunlarini bajarishi, O’zbekiston Respublikasi urf-odatlarini hurmat qilish va “O’zbekiston Respublikasi OTMlariga xorijiy fuqarolarni qabul qilish” qonunida belgilab berilgan topshiriqlarni bajarishlari lozim. 3. Umumiy to’lov shartnoma miqdorining 50% ini 30 sentyabrdan kechikmasdan va qolgan yarmini esa 1 martdan kechiktirmagan holda to`lashi lozim. 4. Universitet mol-mulkkiga yetkazilgan zararni qoplab berishi shart. 5. Ta'lim muassasasining barcha topshiriqlarini o'z vaqtida bajarish kerak. 6. O'z vaqtida, ya'ni viza muddati tugashiga va yashash joyidan vaqtincha ro’yhatdan o’tgan muddati tugashiga kamida ikki hafta qolganida barcha hujjatlarni universitetning Xalqaro aloqalar bo’limiga murojaat qilishlari kerak. Agar hujjatlar o`z vaqtida topshirilmasa, talaba OTMga hujjatlar o’z vaqtida topshirilmagani uchun yetkazilgan zarar, jarimalar va boshqa harajatlarni qoblab berishga majbur. e-mail: xalqaro@tdpu.uz interdeptspu@mail.ru Tel.: +998 71 276 82 25 fax: +998 71 276 76 51

Mavzuga oid