Xorijiy safarlar va unga chiqish tartibi

Tafsilot

Batafsil

Har yili 50 dan ziyod TDPU professor-o`qituvchilari va talabalari xalqaro anjumanlar, seminar va simpoziumlarda ishtirok etish, o’qish, stajirovka o’tash, malaka oshirish, xamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish va boshqa maqsadlarda xorijiy mamlakatlarga (Germaniya, Xitoy, AQSH, Turkiya, Rossiya, Koreya, Qozog`iston va boshq.) safarlarga boradilar. Toshkent davlat pedagogika univeristeti professor-o`qituvchilari va talabalari, DAAD (Germaniya), Tempus, Erasmus Mundus, Erasmus+, ITEC kabi tashkilotlar tomonidan ta’sis etiladigan grant va stipendiyalar sovrindorlari bo’lishmoqda. Xorijga chiquvchilar uchun zarur hujjatlari. Turistik safar uchun zarur hujjatlar ro`yhati (OVIRni rasmiylashtirish): 1. Ariza 2. Pasport nusxasi (doimiy yashash manzili bilan) 3. Shaxsiy ma'lumotnoma. Xizmat safariga chiquvchilar uchun (ilmiy anjumanlar, seminarlar, malaka oshirish va h.k.) zarur hujjatlar ro`yhati: 1. Ariza 2. Safar rejasi 3. Bayonnoma Eslatma: Xizmat safari uchun kerakli hujjatlar ikki nusxada va rejalanayotgan safardan bir oy oldin Xalqaro aloqalar bo`limiga taqdim qilinishi lozim. e-mail: xalqaro@tdpu.uz interdeptspu@mail.ru Tel.: +998 71 276 82 25 fax: +998 71 276 76 51