Maxsus sirtqi bo`lim

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish, yoshlarga zamonaviy bilimlar berish orqali ularning intellektual salohiyatini oshirish, xalqaro maydonda munosib о‘rin egallashi uchun sharoit yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirildi.

Tafsilot

Qisqacha

Batafsil

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan qabul qilingan “2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasi”da mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, yoshlarga sifatli ta’lim berish asosida ularni intellektual, estetik va jismoniy barkamol rivojlantirish, ularga ta’lim va tarbiya berayotgan о‘qituvchilarning yuqori malakaga ega bо‘lishini ta’minlash bilan bog‘liq muhim yо‘nalishlar belgilab berildi. Oliy ta’lim tizimida umumta’lim maktablari, maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari uchun zamonaviy о‘qitish usullarini egallagan о‘qituvchilarni tayyorlash orqali ushbu muassasalarda ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, ularda dars berayotgan о‘rta maxsus ma’lumotli о‘qituvchilarning oliy ma’lumot olish imkoniyatlarini kengaytirish katta ahamiyatga ega.  О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yо‘nalishida maxsus sirtqi bо‘limlarni tashkil etish tо‘g‘risida”gi PQ-3183-son qarori aynan shu vazifani hal qilishga yо‘naltirilgan.