Boshlang`ich ta`lim va jismoniy madaniyat

Fakultet Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutida 1935 yilda “Pedagogika” nomi bilan tashkil etilgan. 1957 yildan “Pedagogika” fakulteti boshlang‘ich sinf о‘qituvchilarini tayyorlay boshladi.

Tafsilot

Qisqacha

Batafsil

Boshlang`ich ta`lim va jismoniy madaniyat fakulteti Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti tarkibida 1935 yilda “Pedagogika” fakulteti sifatida tashkil etilgan. 1957-yildan “Pedagogika” fakultetida boshlang‘ich sinf о‘qituvchilari tayyorlana boshlandi. 1975 yilda fakultet “Pedagogika va boshlang‘ich ta’lim metodikasi” deb nomlandi. 1999 yildan 2008 yilga qadar fakultet “Boshlang‘ich ta’lim va defektologiya” fakulteti deb atalgan. 2008-2009 о‘quv yilida fakultet “Boshlang‘ich ta’lim” fakulteti va “Defektologiya” fakulteti nomi bilan ikkiga ajratildi. 2012-2013 o‘quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab Boshlang‘ich ta’lim fakultetiga jismoniy madaniyat yo‘nalishi ham qo‘shildi.