Yangi yil barchamizga qut-baraka, omad va yangi zafarlar olib kelsin!

Universitet rektori Shavkat Safarovich Sharipovning yangi yil munosabati bilan professor-o`qituvhcilar va talabalarga yangi yil tabrigi

Tafsilot

Universitet rektori Shavkat Safarovich Sharipovning yangi yil munosabati bilan professor-o`qituvhcilar va talabalarga yangi yil tabrigi

Batafsil

Qadrli hamkasblar, ustoz-murabbiylar! Aziz talabalar!

Har bir kirib kelayotgan yangi yil о‘zgacha shukuh va о‘zgacha tarovat olib keladi. Jumladan, 2018 yil ham qalblarimizni yangi orzular, yanada yuqori marralar istagi bilan tо‘ldirib eshik qoqib turibdi. Barchangizni kirib kelayotgan yangi 2018 yil bilan samimiy muborakbod etaman. Yangi yil yangi tilaklar, orzu-umidlar va maqsadlar ijobatini olib kelsin. Barcha yurtdoshlarimiz singari universitetimiz jamoasi, hamda talaba yoshlarining buyuk davlat qurish yо‘lidagi ulkan, ayni paytda sermashaqqat faoliyatiga zafarlar tilaymiz. Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vatanimiz taraqqiyotining ustuvor yо‘nalishlarini ifodalovchi 2017-2021 yillarga mо‘ljallangan “Harakatlar strategiyasi”ning asosiy tamoyillarini izchil amalga oshirishga, jumladan, uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, soha rivojining yangi bosqichga kо‘tarilishi barchamizning zimmamizga ulkan mas’uliyat yuklamoqda. 2017 yil Prezidentimiz SH.Mirziyoyev tomonidan “Xalq bilan muloqot va inson mafaatlari” deb e’lon qilindi. О‘tayotgan 2017 yil mobaynida istiqlol yillarida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli islohotlarning yangi bosqichga kо‘tarilganiga amin bо‘ldik. 2017 yil mamlakatimiz, qolaversa, universitetimiz uchun ham ulkan zafarlar yili bо‘ldi, desak mubolag‘a bо‘lmaydi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-2909-son qarori asosida respublikamiz oliy ta’lim muassasalari, jumladan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti jahonning yetakchi davlatlaridagi ilg‘or tajribalardan foydalangan holda о‘zining taraqqiyot strategiyasini amalga oshirmoqda. Bunga muvofiq ravishda universitetning missiyasi – oliy ta’limning asosiy va qо‘shimcha ta’lim Dasturlarini bajarish bо‘yicha zamonaviy, sifatli ta’lim faoliyatini olib borish, О‘zbekiston Respublikasining qonun xujjatlariga muvofiq ta’lim-tarbiya, о‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot, shuningdek boshqa faoliyatni amalga oshirish hamda ta’lim xizmatlarini kо‘rsatishga qaratilgan. Universitetda talabalar va ularning ota-onalari, shuningdek, keng jamoatchilik bilan muloqotini yо‘lga qо‘yish maqsadida universitet veb-sayti negizida “Virtual qabulxona” (http://rektor.tdpu.uz) faoliyati ham yо‘lga qо‘yildi. Rasmiy veb saytning yangiliklar sahifasida doimiy ravishda universitetda о‘tkazilayotgan о‘quv-uslubiy, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va boshqa yangiliklar muntazam yoritilib borilmoqda. Universitet rasmiy saytini modernizatsiyalash natijasida Internet tarmoqlarida reytingi muntazam oshib borishiga erishilmoqda. 2017 yil mobaynida universitetda Psixologiya о‘quv-ilmiy markazi tashkil etilganligi, tarkibga О‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti, Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi, Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi, akademik litsey kabi salmoqli tuzilmalarning kiritilishi universitet infrastrukturasining tom ma’noda tayanch о‘quv-ilmiy markaz sifatida shakllanishiga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Tarbiyaviy faoliyatga universitetimiz pedagog kadrlar tayyorlash jarayonining muhim va ajralmas tarkibiy qismi sifatida qaraladi. Yoshlarning har tomonlama salohiyatli, mustaqil fikrli mutaxassislar bо‘lib yetishishida universitetda olib borilayotgan ma’rifiy tadbirlar, soha vakillari bilan о‘tkazilgan uchrashuvlar katta ahamiyatga ega. Terrorizm, odam savdosi, ommaviy madaniyatga yо‘naltirilgan tadbirlar fakultetlarda, talabalar turar joylarida muntazam о‘tkazib boriladi. Yoshlarning bо‘sh vaqtini mazmunli о‘tkazish maqsadida turli sport, san’at va teatr tо‘garaklari faoliyat olib bormoqda. Milliy Akademik drama teatri aktyorlari bilan hamkorlikda О‘zbekiston Qahramoni A.Oripovning “Jannatga yо‘l” dramasi sahnalashtirildi. Havaskor talabalar tomonidan qо‘yilgan ushbu sahna asari kо‘pchilikning olqishiga sazovor bо‘lib, oliy ta’lim muassasalari о‘rtasida о‘tkazilgan tanlovning respublika bosqichida ishtirok etdi. Talabalar turar joylari ham 2017 yilda ilk bora zamonaviy talablarga javob beradigan darajada kompleks tarzda ta’mirdan chiqarildi. Umumfoydalanish xonalari ham yuqori sifatli, zamonaviy xо‘jalik uskunalari bilan jihozlandi. Talaba yoshlarga yaratilgan bunday imkoniyatlar ularning yanada chuqur bilim olishi, mamlakatimiz kelajagiga munosib hissa qо‘shadigan raqobatbardosh kadrlar bо‘lib yetishishiga yordam beradi. Prezidentimiz SH.Mirziyoyevning 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bо‘yicha komissiya tuzish tо‘g‘risida”gi Farmoyishi, 13 sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bо‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tо‘g‘risida”gi Qarori jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda adabiyotning о‘rni nechog‘li yuksak ekanini kо‘rsatadi. Universitet jamoasi orasida kitobga mehr qо‘yish, muntazam kitob bilan ishlash, kitoblardagi jamiyat taraqqiyoti uchun ilgari surilgan g‘oyalarni keng targ‘ib qilish, kitob bilan muloqot qilish madaniyatini takomillashtirish hamda kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobsevarlar klubi” tashkil qilingan. Respublikani rivojlantirishning harakatlar strategiyasiga muvofiq ravishda universitetda ilmiy-tadqiqotlarining ustuvor yо‘nalishlari ham belgilab olingan. Universitet huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.Ped.26.01 raqamli Ilmiy Kengash tomonidan joriy 2017 yilda pedagogika va о‘qitish metodikasi ixtisosliklari bо‘yicha yigirmadan ortiq dolzarb mavzulardagi fan doktori va falsafa fanlari doktori ilmiy darajasini beruvchi dissertatsiyalar himoya qilindi. E’tiborli jihati, mazkur himoyalarda jahonning yetakchi ilmiy markazlari mutaxassislari opponent va taqrizchi sifatida faol ishtirok etishiga erishilmoqda. Shuningdek 2016-2017 yillar mobaynida 20 dan ortiq universitet professor-о‘qituvchilari dotsent va professor ilmiy unvoniga sazovor bо‘ldilar. Universitet TEMPUS va ERASMUS+ loyihalari doirasidagi xalqaro hamkorlik ishlarining faol ishtirokchisi hisoblanadi. Hozirda universitet Koreya Respublikasi, Rossiya Federatsiya Xitoy, Germaniya, Latviya kabi ta’lim tizimi taraqqiy etgan mamlakatlarning yetakchi о‘quv va ilmiy markazlari bilan 40 dan ortiq shartnomalari asosida о‘zaro manfaatli hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda. 2017 yilda hamkorlik tadbirlari doirasida 50 ga yaqin professor-о‘qituvchi va talabalar, ilmiy izlanuvchilar xorijiy safarlarga yuborilgan bо‘lsa, 12 ta xorijiy delegatsiyalar universitetga tashrif buyurishgan. Bugungi kunda OTMda 33 nafar xorijlik talabalar tahsil olmoqda. 2017-2021 yillarda xorijiy OTMlarga 79 nafar xodimlar stajirovka va о‘qishga yuborilishi rejalashtirilmoqda. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 sentabrdagi “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq Toshkent shahri va viloyatlardagi mavjud 14 ta xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy institutlari tegishli OTMlar qoshidagi hududiy markazlarga aylantirildi. TDPU Hududiy markazlar uchun tayanch oliy ta’lim muassasasi etib belgilanib, shu kunlarda malaka oshirish ishlariga ilmiy-metodik rahbarlik qilish, namunaviy о‘quv reja, dastur, о‘quv-metodik va boshqa hujjatlar ishlab chiqilmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2017 yil 9 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yо‘nalishida maxsus sirtqi bо‘limlarni tashkil etish tо‘g‘risida”gi PQ-3183-son qarori asosida Toshkent davlat pedagogika universiteti maxsus sirtqi bо‘lim ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi etib belgilangan. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida 8 ta bakalavriat ta’lim yо‘nalishlari malaka talablari, о‘quv rejalari, о‘qitiladigan fanlarning о‘quv dasturlari yaratilib, respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalari maxsus sirtqi bо‘limlari uchun asos sifatida joriy etildi. Universitetni 2018-2021 yillarda rivojlantirishning istiqbolli rejasida bir qator ta’lim yо‘nalishi va magistratura mutaxassisliklari, yangi kafedra va fakultetlar tashkil etilishi mо‘ljallangan. Ishonamanki, jamoamiz a’zolari bu vazifalarni a’lo darajada uddalaydilar. Buning uchun bizda kuch va imkoniyatlar yetarli. Universitet jamoasining mamlakat ilmiy-pedagogik salohiyatini yuksaltirishga qо‘shayotgan hissalari alohida e’tirofga loyiq. Yangi yil arafasida ezgu niyatlar, yaxshi tilaklar yarashadi. An’anaga sodiq qolgan holda barchangizni yana bir bor kirib kelayotgan 2018 yil bilan muborakbod etaman. Yangi yilda mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va ishingizda, о‘qishingizda ulkan zafarlar tilayman. Yangi yil barchamizga qut-baraka, omad va yangi zafarlar olib kelsin!
Shavkat SHARIPOV, universitet rektori