O`quv metodik kengash

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitet o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorb huzurida o‘quv metodik kengash faoliyat ko‘rsatadi. Ushbu Kengash tarkibi universitet miqiyosida yetuk, salohiyatli, tajribali 31 nafar professor-o‘qituvchilardan shakllantirilgan. Kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilab olingan:

Tafsilot

Qisqacha

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitet o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorb huzurida o‘quv metodik kengash faoliyat ko‘rsatadi. Ushbu Kengash tarkibi universitet miqiyosida yetuk, salohiyatli, tajribali 31 nafar professor-o‘qituvchilardan shakllantirilgan. Kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilab olingan:

Batafsil

• O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorlari, Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Nizomlar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari hamda Hay’at qarorlari ijrosini muhokama qilish; • o‘quv – me’yoriy xujjatlarni o‘rganib va muhokama qilib universitet Kengashiga tasdiqlash uchun tavsiya etish, jumladan, ishchi o‘quv rejalar, o‘quv jarayoni jadvali, ishchi fan dasturlari, kafedra o‘quv yuklamalari va shtatlari; • universitetda asosiy shtatda faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilarni katta o‘qituvchi lavozimiga tavsiya etish; • universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalarni kengash a’zolari bilan muhokama qilib muvofiqlashtiruvchi Kengashga tavsiya qilish uchun universitet kengashiga taqdim qilish; • universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan metodik qo‘llanma va uslubiy ko‘rsatmalarni nashrga tavsiya qilish; • universitetda ta’lim jarayonini tashkil etishda metodik kengash qarori zarur bo‘lgan boshqa masalalarni ko‘rib chiqish. O‘quv yili boshida Kengashning tarkibi, ish reja, kengash yig‘ilishi vaqtlari o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan belgilanadi va tasdiqlanadi. 2017-2018 o‘quv yilining 1-yarim yilligida universitet kafedralarida faoliyat ko‘rsatayotgan 6 nafar o‘qituvchilar katta o‘qituvchi lavozimiga tavsiya etildi hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan 49 nomdagi metodik qo‘llanma, 2 ta izohli lug‘at, 3 ta maqolalar to‘plami, 1 ta ma’ruzalar matni nashrga tavsiya etildi, shuningdek 63 nomdagi o‘quv qo‘llanma, 38 nomdagi darsliklar Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalari faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashga tavsiya qilish uchun universitet Kengashiga taqdim qilindi.