Nizomiy nomidagi TDPU targ’ibot-tashviqot guruhining faoliyati davom etmoqda

Nizomiy nomidagi TDPU targ’ibot-tashviqot guruhining faoliyati davom etmoqda

Tafsilot

Nizomiy nomidagi TDPU targ’ibot-tashviqot guruhining faoliyati davom etmoqda

Batafsil

Nizomiy nomidagi TDPUning “Umumiy pedagogika” va “Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari” kafedralari dotsent -o’qituvchilaridan tashkil topgan targ’ibot-tashviqot guruhi a’zolari, xususan, Turdiyev Bahritdin Somiyevich, Qurbonova Go’zal Mamatkarimovna, Ibragimova Gulsanam Ne’matovna, Мirzaeva Farogat Оdiljonovna, Mirsagatova Nargiza Sayfullayevna, Gafurova Nodira Mirhosilovnalar joriy yilning 7-10 yanvar kuni shahrimizning Chilonzor tumanidagi “Mevazor”, “Qatortol”, “Shuhrat”, “Yakkatut”, “Kichik Xirmontepa”, “Beshchinor”, “Xirmon tepa”, “Mehrjon”, “Sharq”, “Sharaf”, “Xayrobod”, “Xonto’pi”, “Ko’tarma”, “Katta Olmazor” mahallalarida Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2017 yil 22 dekabrdagi respublika Oliy Majlisiga murojaatnomasini keng jamoatchilikka targ’ib qilish yuzasidan targ’ibot-tashviqot tadbirlarini olib bordilar. Targ’ibot-tashviqot tadbirida targ’ibot guruhi a’zolari tomonidan murojaatnomada belgilab berilgan ustuvor yo’nalishlar, taqqoslama tahlillar, sababiy bog’liqlikda chiqarilgan xulosalarni keng jamoatchilikka targ’ib etish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy tafakkurini yuksaltirish, tasavvur doirasini kengaytirishga qaratildi. Shu bilan birga targ’ibot-tashviqot guruhi va mahalla ahllari bilan ochiq, samimiy suhbatda odamlar yurtimizda bugun olib borilayotgan odilona siyosatdan roziligi lekin ularni qiynayotgan ba’zi muammolar ham o’z yechimini topishidan umidvorligini bildirdilar. Guruh a’zolari ushbu muammolarni qayd etib, imkon doirasida yordam berishga harakat qilishlarini bildirdilar.