Xorijiy oliy o'quv yurtlari bilan hamkorlik

XORIJIY OLIY O'QUV YURTLARI BILAN HAMKORLIK Toshkent davlat pedagogika universitetining 40 ga yaqin Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorli va kelishuv shartnomalari mavjud.

Tafsilot

XORIJIY OLIY O'QUV YURTLARI BILAN HAMKORLIK Toshkent davlat pedagogika universitetining 40 ga yaqin Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorli va kelishuv shartnomalari mavjud.

Batafsil

Mazkur shartnomalar doirasida ilmiy ishlar, o’qituvchilarning stajirovkasi, stajer-tadqiqotchi-izlanuvchilarni tayyorlashda rahbarlik ishlari, hamkorlikda qo’shma loyihalar va ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda, xalqaro anjumanlar, seminarlar o’tkazilmoqda. Koreya Respublikasining «Shinan foundation» jamg‘armasi, KOICA tashkiloti, Koreya Respublikasi Ta’lim markazi hamda Toshkentdagi Koreys madaniy markazlari assotsiatsiyasi bilan yaxshi aloqa о‘rnatgan. Universitet KOICA tashkilotining umumiy miqdori 1,5 mln. AQSH doll.ni tashkil etuvchi grant loyihasi tanlovi g‘olibi bо‘ldi. Ushbu grant asosida 2013 yilning oktyabr oyida koreyaliklar universitet uchun zamonaviy elektron kutubxona yaratib berdilar. Xalqaro aloqalar rivojining yana bir yorqin misoli sifatida TDPU qoshida 2009 yildan e’tiboran faoliyat yurgizayotgan “O‘zbekiston-Ozarbayjon” do‘stlik jamiyatini ko‘rsatish mumkin. Jamiyat keyingi vaqtda Ozarbayjon elchixonasi va Toshkentdagi Haydar Aliev nomidagi Madaniyat markazi bilan birgalikda ikki tomonlama aloqalarning mustahkamlanishi borasida qator ishlarni amalga oshirdilar. Shuningdek, oliy ta’lim muassasasiga ta’lim sohasida tajriba almashish maqsadida turli xorijiy delegatsiyalar, chet el oliy o‘quv yurtlari profesor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilar muntazam tashrif buyurib turadilar. Akademik almashuv asosida universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ham muntazam ravishda chet el universitetlariga o‘qish, malaka oshirish va turli anjumanlarda ishtirok etish uchun yuborilmoqda. e-mail: xalqaro@tdpu.uz interdeptspu@mail.ru Tel.: +998 71 276 82 25 fax: +998 71 276 76 51

Mavzuga oid