Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali o'z faoliyatini boshladi

Prezidentimizning bergan topshirig‘i bо‘yicha, Toshkent davlat pedagogika universiteti Termiz filiali faoliyatini tashkil etish maqsadida tegishli mas’ullardan iborat ishchi guruhi faoliyati Termiz maktabgacha ta’lim va xizmat kо‘rsatish kollejida 2017 yil 21 yanvardan boshlab yо‘lga qо‘yildi.

Tafsilot

Prezidentimizning bergan topshirig‘i bо‘yicha, Toshkent davlat pedagogika universiteti Termiz filiali faoliyatini tashkil etish maqsadida tegishli mas’ullardan iborat ishchi guruhi faoliyati Termiz maktabgacha ta’lim va xizmat kо‘rsatish kollejida 2017 yil 21 yanvardan boshlab yо‘lga qо‘yildi.

Batafsil

Filial talabalar kontingentini shakllantirish maqsadida Surxondaryo viloyat Xalq ta’limi hamda maktabgacha ta’lim boshqarmalari tomonidan tumanlar hamda ta’lim muassasalarining fan yо‘nalishlarida pedagogik kadrlarga bо‘lgan ehtiyoj aniqlandi. Ushbu asosda dastlabki bosqichda qabul qilish yо‘nalishlari yо‘nalishlari belgilandi. Bunda faoliyat yuritayotgan о‘rta maxsus ma’lumotlilar uchun maxsus sirtqi bо‘lim, mavjud qо‘shimcha ehtiyojni e’tiborga olgan holda kunduzgi bо‘lim qabul kvotalarini belgilandi. Qabulni rejalashtirishda maktabgacha ta’limga ehtiyojning ortib borishi, shuningdek boshlang‘ich sinf о‘qituvchilarining deyarli 50 foiz о‘rta maxsus ma’lumot bilan ishlayotganligidan kelib chiqildi. Filialga talabalikka qabul qilish va о‘quv jarayonini tashkil qilish tartibi belgilab olindi. Filial kontingentini shakllantirib, shu о‘quv yilidan о‘qishni boshlash uchun belgilangan yо‘nalishlar bо‘yicha 2017 yilda oliy ta’lim muassasalariga imtixon topshirib, belgilangan tо‘lov-kontrakt kvotalari doirasida tavsiya etilmagan va qabul qilinmagan mos ta’lim yо‘nalishlari abituriyentlari hisobidan, Surxondaryo viloyati tumanlari kesimida ta’lim va tibbiyot muassasalari ehtiyojlarini inobatga olgan holda tarkib toptirilgan. О‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga о‘qishga qabul qilish bо‘yicha Davlat komissiyasining 2018 yil 23 yanvarlagi 12-son bayoniga kо‘ra filialga qabul kvotasi 520 ta etib belgilangan. Toshkent davlat pedagogika universiteti Termiz filialiga Termiz shahri, Termiz, Angor, Sherobod, Muzrabot, Qiziriq, Boysun va Jarqо‘rg‘on tumanlaridan abituriyentlar Matematika о‘qitish metodikasi, Informatika о‘qitish metodikasi, Rus tili va adabiyoti (о‘zga tilli guruhlarda), Boshlang‘ich ta’lim va maktabgacha ta’lim yо‘nalishlarida kunduzgi bо‘limga, shuningdek Boshlang‘ich ta’lim va maktabgacha ta’lim yо‘nalishlariga maxsus sirtqi bо‘limga qabul amalga oshirilmoqda. Bu borada universitet qabul komissiyasi a’zolaridan shakllantirilgan alohida ishchi guruh faoliyati filial bazasida yо‘lga qо‘yilgan. Qayd etish kerak, barcha talabalar tо‘lov kontrakt asosida qabul qilinadi. Qabul qilingan talabalarni joriy о‘quv yilida kursni tugallashini ta’minlash maqsadida yuklamani 2018 yil iyul oyi yakuniga qadar bajarishga qaratilgan ta’lim yо‘nalishlari о‘quv rejalari va fan dasturlari birinchi kurs talabalari о‘quv faoliyati 2018 yil 1 fevraldan 2018 yil 31 iyulgacha bо‘lgan muddatga moslashtirib ishlab chiqilgan. Bunga haftalik yuklamani oshirish, iyun-iyul oylarida о‘qishni tashkil qilish hamda amaliyotlarni о‘quv jarayoni bilan bir vaqtda tashkil qilish orqali erishiladi. Filialning pedagogik kadrlar tarkibi asosan Toshkent davlat pedagogika universiteti jamoasi hisobidan shakllantirilishi rejalashtirilib, Termiz shahrida doimiy faoliyat yuritadigan hamda о‘rindoshlik asosida, modul tizimida dars beradigan professor-о‘qituvchilar tarkibi aniqlandi. Shuningdek, filial kafedralari tarkibini qо‘shimcha ravishda Termiz davlat universiteti, uning qoshidagi hududiy markaz, pedagogika kollejlari yetakchi pedagoglari hisobidan shakllantirildi. О‘quv jarayoniga jalb etilgan professor-о‘qituvchilar tarkibi uchun 3 kunlik seminar-treninglar tashkil qilindi. Filialni Termiz maktabgacha ta’lim va xizmat kо‘rsatish kolleji binosiga joylashtirildi. О‘quv binosi zamonaviy о‘quv xonalari, axborot-resurs markazi, elektron kutubxona, onlayn ma’ruza uskunalari bilan jihozlangan о‘quv zallariga ega bо‘lib, talabalar о‘quv-tarbiya jarayoni uchun yaratilgan barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Filial Axborot resurs markazini universitet tomonidan 1305 nomdagi о‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan tо‘ldirildi. Universitet elektron kutubxonasining 30 ming nomdagi adabiyotlari hamda о‘quv-uslubiy majmualaridan foydalanish imkoniyati yaratildi. Filial onlayn ma’ruza va masofaviy ta’lim uchun jihozlar va infrastruktura bilan ta’minlanib, yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulandi. Onlayn ma’ruzalarni о‘qishga Toshkent davlat pedagogika universiteti va boshqa oliy ta’lim muasssalaridan sohaning yetakchi akademiklar, professorlar va mutaxassislar jalb etiladi.

Mavzuga oid