Ilmiy-tadqiqot ishlari bosh strategiyasi

Ushbu ilovada Toshkent davlat pedagogika universitetining 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish bosh strategiyasi keltirilgan.

Tafsilot

Qisqacha

Ushbu ilovada Toshkent davlat pedagogika universitetining 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish bosh strategiyasi keltirilgan.

Batafsil

Umumiy qoidalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (keyingi o‘rinlarda “universitet”) 80 yillik tarixga ega ta’lim muassasasi hisoblanadi. Universitet respublikamizda umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash bo‘yicha tayanch ta’lim muassasasi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 13 maydagi “Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 153- sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 2016 yil 21 noyabrdagi 103- sonli bayoniga muvofiq universitetda 37 ta kafedra mavjud bo‘lib, bakalavriatning 27 ta yo‘nalishi va magistraturaning 24 ta mutaxassislik bo‘yicha hamda KIXIIning 13ta ilmiy ixtisosliklar bo‘yicha fan doktorlari tayyorlanmoqda, oliy ta’lim va kasb-hunar ta’limi tizimlari uchun malaka oshirish va qayta tayyorlash markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Mazkur mutaxassisliklar bo‘yicha 4000 dan ortiq talabalar va tinglovchilar tahsil oladilar. Universitetda faoliyat ko‘rsatayotgan 500 dan ortiq professor-o‘qituvchilarning 30 nafari fan doktorlari, 146 nafari esa fan nomzodlaridir. Talabalar orasida ko‘plab fan olimpiadalari hamda Davlat stipendiyalari sohiblari mavjud. Mavjud ilmiy salohiyatning imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ilmiy maktablarni yaratish va rivojlantirish va universitetda olib borilayotgan ilmiy izlanishlarni yangi sifat darajasiga ko‘tarish uchun ularni rejali yo‘naltirish talab qilinadi. Universitetda uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishda pedagogika sohasini rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borish va innovatsion ishlanmalar yaratish ko‘zda tutilgan. Ilm-fan sohasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda asos bo‘lgan huquqiy-me’yoriy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 365-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 dekabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalari reytingini baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 371-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 4 noyabrdagi 47- sonli majlis bayoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’atining 2015 yil 18 noyabrdagi 49- son majlisi bayoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 13 maydagi “Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini yanada takomillash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 153- sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 2016 yil 21 noyabrdagi 103 sonli bayoni Universitetning bosh ilmiy-tadqiqot mavzusi Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yuqori malakali pedagogik kadrlarni tayyorlash nazariyasi va metodikasini takomillashtirish Universitetdagi ilmiy tadqiqotlarning asosiy ustuvor yo‘nalishlari 1. Demokratik huquqiy davlat qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, bozor munosabatlarini takomillashtirish jarayonlarining iqtisodiy va huquqiy asoslarini tadqiq etish; 2. Uzluksiz ta’limda pedagogika fanlar tizimida fanlararo aloqadorlik va integratsiyalashuvining metodologik-didaktik muammolarini tadqiq etish. 3. Uzluksiz ta’lim tizimida davlat ta’limi standarti, malaka talablari va o‘quv dasturlarini xorijiy ilg‘or tajribalar asosida takomillashtirish; 4. Uzluksiz ta’lim tizimida o‘quv-tarbiya samaradorligini oshirish texnologiyalarini tadqiq qilish. 5. Uzluksiz ta’lim tizimining tarkibiy qismlari mantiqiy uzviyligi, uzluksizligini hamda izchilligini ta’minlash va strategiyasi muammolari yechimini ishlab chiqish; 6. Sog‘lom hayot tarzini shakllantirish va jismoniy madaniyatni rivojlantirishning ilmiy va konseptual asoslarini tadqiq qilish; 7. Uzluksiz ta’lim tizimida bolalarning ijtimoiy moslashuvi, maxsus pedagogika, inklyuziv ta’lim muammolarini tadqiq qilish: 8. Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining nazariy va amaliy muammolarini tadqiq etish. 9. Uzluksiz ta’lim tizimida kasbiy kompetentlik, chet til kompetensiyalari va axborot madaniyatini rivojlantirish texnologiyalarini tadqiq qilish. Toshkent davlat pedagogika universiteti kafedralari ilmiy tadqiqotlarining ustuvor yo‘nalishlari № Kafedra nomi Ustuvor yo‘nalish nomi Boshlang‘ich ta’lim fakulteti 1 Boshlang‘ich ta’lim metodikasi Boshlang‘ich ta’limning sifatini oshirish, fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish 2 Jismoniy madaniyat Uzluksiz ta’lim tizimida jismoniy madaniyatni o‘qitish metodikasini takomillashtirish Pedagogika, psixologiya va defektologiya fakulteti 3 Musiqa o‘qitish metodikasi Uzluksiz ta’lim tizimida musiqani o‘qitishning sifat va samardorligini oshirish muammolarini tadqiq qilish 4 Korreksion pedagogika Jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalarning ijtimoiy moslashuvini takomillashtirish 5 Maxsus ta’lim metodikasi Uzluksiz ta’limda maxsus pedagogika va metodika fanlarini o‘qitishning ilmiy va o‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirish 6 Maktabgacha ta’lim kafedrasi Maktabgacha ta’lim sohasida ta’lim va tarbiya jarayonining o‘zaro uzviyligini ta’minlash 7 Pedagogika kafedrasi Uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim jarayonining didaktik ta’minotini takomillashtirish va zamonaviy pedagogika texnologiyalarni tadqiq qilish 8 Psixologiya kafedrasi Psixologiya fani va uning dolzarb muammolarini tadqiq qilish Kasb ta’limi fakulteti 9 Axborot texnologiyalari Kasbiy ta’limda axborot texnologiyalarini takomillashtirish, intellektual mulk yaratish vositalarini ishlab chiqish 10 Kasb ta’limi metodikasi Mehnat va kasb ta’limini o‘qitishning zamonaviy metodikalarini ishlab chiqish va takomillashtirish 11 Mexnat ta’limi va dizayn Uzluksiz ta’lim tizimida mehnat va kasb ta’limini o‘qitishda amaliy kompetensiyalarni takomillashtirish 12 Tasviriy san’at va uni o‘qitish metodikasi Uzluksiz ta’lim tizimida tasviriy san’atni o‘qitish metodikasini tadqiq qilish va takomillashtirish 13 Muhandislik grafikasi va uni o‘qitish metodikasi Umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus va oliy ta’lim tizimida chizmachilik, muxandislik grafikasini o‘qitish metodikasini rivojlantirish va takomillashtirish Tabiiy fanlar fakulteti 14 Biologiya o‘qitish metodikasi Uzluksiz ta’lim tizimida biologiya va uni o‘qitish metodikasini takomillashtirish 15 Botanika Tabiiy fanlar va uni o‘qitish metodikasini takomillashtirish 16 Geografiya o‘qitish metodikasi Uzluksiz ta’lim tizimida innovatsion yondashuv asosida geografiya va uni o‘qitish metodikasini takomillashtirish 17 Zoologiya va anatomiya Tabiiy fanlar bo‘yicha eksperimental tadqiqotlar olib borish 18 Kimyo o‘qitish metodikasi Umumiy o‘rta ta’lim, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’limda kimyo fani va uni o‘qitish metodikasini takomillashtirish Tarix fakulteti 19 Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari Ijtimoiy hayotni demokratlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning falsafiy masalalarini o‘rganish 20 Tarix va uni o‘qitish metodikasi Uzluksiz ta’lim tizimida tarix va uni o‘qitish metodikasini takomillashtirish 21 O‘zbekiston tarixi O‘zbek xalqi hamda davlatchilik tarixini tadqiq etish 22 Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti Jamiyatning falsafiy, diniy, huquqiy, siyosiy taraqqiyotini tahlil qilish va uni o‘rganishni takomillashtirish Fizika-matematika fakulteti 23 Informatika o‘qitish metodikasi Uzluksiz ta’lim tizimida informatika fani va uni o‘qitishni takomillashtirish, ta’lim jarayoniga multimedia va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish 24 Umumiy matematika Matematika fanining zamonaviy masalalarini tadqiq qilish 25 Matematika o‘qitish metodikasi Uzluksiz ta’lim tizimida matematika fani va uni o‘qitish metodikasini takomillashtirish 26 Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi Uzluksiz ta’lim tizimida fizika, astronomiya fani va uni o‘qitish metodikasini takomillashtirish Chet tillari fakulteti 27 Ingliz tili amaliy kursi Ta’lim oluvchilarda ingliz tilida muloqot qilish madaniyati, til kompetensiyalarini rivojlantirish 28 Ingliz tili nazariyasi va o‘qitish metodikasi Uzluksiz ta’lim tizimida ingliz tili va uni o‘qitish metodikasini takomillashtirish 29 Rus adabiyoti va uni o‘qitish metodikasi Uzluksiz ta’lim tizimida rus adabiyoti va uni o‘qitish metodikasini takomillashtirish 30 Rus tili va uni o‘qitish metodikasi Uzluksiz ta’lim tizimida rus tili va uni o‘qitish metodikasini takomillashtirish Umumuniversitet kafedralari 31 Hayot faoliyati xavfsizligi Fuqaro muhofazasi va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish amaliy tadqiqotlar olib borish 32 O‘zbek tili va nutq madaniyati O‘zbek tilining dolzarb masalalarini tadqiq etish, davlat tilini targ‘ib qilish 33 Umumiy pedagogika Uzluksiz ta’lim tizimida pedagogik fanlar o‘zaro va mutaxassislik fanlari bilan integratsiyalash muammolarini tadqiq etish 34 Umumiy psixologiya Barkamol shaxsni shakllantirishda psixologik masalalarning dolzarb muammolarini tadqiq qilish 35 Chet tillar Uzluksiz ta’limda chet tillarni o‘rganish kompetentligini rivojlantirish texnologiyalarini tadqiq qilish 36 Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar Ijtimoiy-iqtisodiy falsafiy muammolarning dolzarb masalalarini tadqiq qilish 37 Chaqiriqqacha harbiy ta’lim Oliy ta’lim tizimida chaqiriqqacha harbiy tayyorgarlikni rivojlantirish Universitetda ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish uchun belgilangan istiqbolli vazifalar 1. Universitetda faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda amaliy yordam ko‘rsatish orqali universitet ilmiy salohiyatini 65-70 foizga yetkazish. 2. Universitetda har bir professor-o‘qituvchining 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan ilmiy-tadqiqot ishlarining aniq rejasini ishlab chiqish, bajarilishini ta’minlash va uning ijrosi monitoringini olib borish. 2. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 365-sonli qarori asosida universitetdagi pedagogika va psixologiya fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari bo‘yicha Ilmiy kengash faoliyati samaradorligini oshirish, katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning o‘z muddatida himoya qilishini ta’minlash. 3. Ta’lim muassasalari bilan o‘rnatilgan hamkorlikni yuqori ko‘rsatkichlarga erishishini ta’minlash maqsadida dolzarb ilmiy-amaliy mavzular bo‘yicha universitet innovatsion guruhlari doirasida ilmiy-tadqiqot ishlari hajmi va natijadorligini oshirish. 4. Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida kafedralarning faol ishtirokini ta’minlash orqali xo‘jalik shartnomalari, jumladan Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida shartnomalar tuzishni faollashtirish. 5. Innovatsion hamkorlik doirasida magistratura va bakalavriat bosqichi talabarining real va moliyaviy sektor korxonalari va tashkilotlarida amaliyot o‘tashlarini kengaytirish va korxonalarda magistrlik dissertatsiyasi hamda bitiruv malakaviy ishlar himoyasini tashkil qilish. 6. Xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik miqyosini kengaytirish, bakalavr, magistrlar, ilmiy izlanuvchi, professor-o‘qituvchilar uchun almashinuv dasturlarini tuzishni yanada kengaytirish (AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, XXR va boshqa davlatlar). Yakunlovchi qoidalar Mazkur hujjatda belgilangan holatlar universitetdagi barcha ilmiy tadqiqot ishlari uchun umumiy asos sifatida qabul qilinadi. Kafedralarda tashkil etiladigan ilmiy-tadqiqot rejalari va dasturlarda ushbu holatlar aks etishi lozim. Bunda har qaysi qafedra asosiy ustuvor yo‘nalishlarning muayyan xususiy sohalarini o‘z istiqbolli ilmiy tadqiqot yo‘nalishi sifatida belgilab olishi nazarda tutiladi. Kafedralarga ularning ilmiy tadqiqot yo‘nalishidagi istiqbolli rejalari ijrosini ko‘rib chiqishda har bir soha bo‘yicha aynan qanday ishlar bajarilganini o‘rganish amaliyotiga mo‘ljal olish tavsiya qilinadi.