“She’riyat kechasi”

“She’riyat kechasi” bo‘lib o‘tdi

Tafsilot

“She’riyat kechasi” bo‘lib o‘tdi

Batafsil

She’riyat kechasi Kasb ta’limi fakulteti “Muhandislik grafikasi va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti boshchiligida o‘tkazildi. Kechada tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, biologiya o‘qitish metodikasi, ingliz tili ta’lim yo‘nalishlari talabalari va magistrlari qatnashdi. TS401 guruh talabasi Almatova Sevara xalq shoiri Erkin Vohidovning “Tabassum” nomli she’riy to‘plamidan o‘rin olgan “Matmusaning hangomalaridan” lavhalar o‘qidi. Tabiiy fanlar fakultetining 1-kurs talabasi Shodiyeva Gulruhbegim esa o‘z ijodidan namunalar o‘qidi. AYOL Dunyoni bezovchi, kuldurguvchi sen Baxtga yo‘ldoshi ham xazon etguvchi. Olamni yashnatib, obod etgan sen Jannat poyingdadir, poyingda ayol. Qalbni yorutguvchi, bunyod etguvchi Go‘dak yig‘isini ovutguvchi ham, Farzandlari uchun jonin berguvchi Mehr baxsh etguvchi-ozingsan ayol. Dotsent A.Valiyev ham onalarning hayotligida qadriga yetish lozimligi haqida fikr bildirib, o‘z ijodidan bir to‘rtlik o‘qidi. Ko‘nglingda ne ezgu tilaklar bo‘lsa, Barchasin baxshida ayla onagga. Umri qazo yetib onang ham o‘tsa, Boshingni changallab qolma attanga.