"Shaxslararo va nizosiz muloqotini rivojlantirish"

"Shaxslararo va nizosiz muloqotini rivojlantirish" bo‘yicha trening mashg‘uloti tashkil etildi

“Tabiiy fanlar” fakulteti Kimyo yo‘nalishi 103 guruh talabalari uchun maxsus trening tashkil etildi.Ushbu trening ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini, fakultet murabbiylar kengashi raisi so‘roviga binoan universitet psixologi O.S. Fayzullayeva tomonidan o‘tkazildi. Ushbu treningda fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini, fakultet murabbiylar kengashi raisi ham bevosita ishtirok etdilar. Trening o‘tkazishdan asosiy maqsad talabalar jamoasida iliq psixologik muhitni yaratish, guruhdagi shaxslararo munosabatlari tizimiga ijobiy ta’sir o‘tkazishdan iborat edi. Guruhda trening davomida juda samimiy va ijobiy muhit yaratildi. Talabalar ko‘tarinki ruhda treningning barcha shartlarini bajarishdi. Trening yakunida umumiy xulosalar shakllantirildi, talabalar o‘z his-tuyg‘ulari, o‘zlarida sodir bo‘lgan qandaydir o‘zgarishlar to‘g‘risida fikr-mulohazalarini bildirdilar. Trening yakunlangandan so‘ng talabalar jamoasi huddi shu kabi treninglar tez-tez tashkil etilishi tarafdori ekanliklarini aytdilar