“8-MART XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI”

“8-MART XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI” munosabati bilan tadbir tashkil etildi

Детали

“8-MART XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI” munosabati bilan tadbir tashkil etildi

Детально

Tabiiy fanlar fakultetida “8-MART XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI” munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Tadbirni fakultet dekani Q.A.Saparov, dekan muovini R.Berdiqulov, Biologiya o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri G.Shaxmurova, kafedra mudirlari xamda fakultetning erkak ustozlari, talaba yigitlar, Yoshlar Ittifoqi yetakchisi Q.Abduxoliqovlar tashkillashtirishdi. Tadbirning asosiy qismi fakultetga kirish eshigi oldida bo‘lib, bunda barcha fakultet ayol prof-o‘qituvchilari, xodimlar xamda talaba qizlar esdalik sovg‘alar bilan tabriklab kutib olindi. Musiqiy chiqishlar tashkil etildi. Tadbirning ikkinchi qismi guruxlarda davom ettirildi. “Balli qizlar”, “Suxandon qizlar”, “Pazanda qizlar”, “Eng yaxshi soch turmagi”, “Iqtidorli qizlar”, “Shoira qizlar” nominatsiyalari bo‘yicha ko‘rik tanlovlari tashkil etildi. Tanlov g‘oliblariga esdalik sovg‘alar berildi. Bu tadbirlar fakultetning barcha ayol ustozlari, talaba qizlarida katta taasurot qoldirdi. BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN AZIZ USTOZLAR! Dekan o‘rinbosari B.Axmadaliyeva