Shopen asarlarini qanday tushunmoq kerak

“Shopen asarlarini qanday tushunmoq kerak” mavzusida badiiy konsert dasturi bo‘lib o‘tdi

Tafsilot

“Shopen asarlarini qanday tushunmoq kerak” mavzusida badiiy konsert dasturi bo‘lib o‘tdi

Batafsil

Universitetda har oyning payshanba kuni ma’naviyat kuni sifatida barcha professor-o‘qituvchi hamda talabalarning diqqat markazida bo‘ladi. 2018 yil 29 mart kuni Musiqa ta’limi yo‘nalishida “Shopen asarlarini qanday tushunmoq kerak” mavzusida badiiy konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Unda professor Mark Borisovich Russak hamda uning shogirdlari O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabalari Nigina Tashpulatova hamda Diana Amanbaevnalar ijrosida Shopen asarlaridan namunalar tinglandi. Shuningdek, professor Mark Borisovich Russak solistlar tomonidan ijro etilgan har bir asarning badiiy g‘oyasi haqida ma’lumotlar berib o‘tdi. Ma’naviyat kuni o‘zining badiiy saviyasi va yuqori natijadorligi bilan barchaga birdek taassurot qoldirdi