“Oliygohga sayohat”

“Oliygohga sayohat”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3514-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 22 fevral kuni Sariosiyo tumanidagi 1 va 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 75 nafar 5,6,7,8-sinf o‘quvchilari Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialiga sayyohat uyushtirishdi. Sayyohat davomida o‘quvchilar filialdagi o‘quv jarayonlarining o‘tilishi uchun shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilganligi hamda filialning axborot resurs markazi, o‘quv auditoriyalari, sport zal va talabalar turar joyi bilan tanishtirildi. Maktab o‘quvchilarda Oliy o‘quv yurtlariga kirib talaba bo‘lish orzusi va hohishi yanada ortdi