“Davlat xizmatlaridan foydalanish madaniyati”

“Davlat xizmatlaridan foydalanish madaniyati” mavzusida o'quv seminari o'tkazildi

Tadbirni filial “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Sh.D.Ablakulov kirish so‘zi bilan ochib berib, so‘z navbatini taklif etilgan mehmon Surxondaryo viloyat Davlat xizmatlari agentligi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i A.Boboyarovga berdi. U o‘z so‘zida mamlakatimizda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi izchillik bildan takomillashtrilayotganligi va moderinizatsiya qilinayotganligi, bu aholining hayot sifati, investitsiya iqlimi, ishchanlik muhitini yaxshilash va biznesni rivojlantirishga imkon berishini, 2017 yil 12 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi, PF-5278-son farmon qabul qilinganligi 2018 yil 11 aprel kuni “Davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3662-sonli Prezident Qarori qabul qilinganligi va ushbu qarorning mazmun mohiyati haqida aytib o‘tdi